289
Hisobot qamrab oladigan davrlar bo‘yicha davriy (joriy) va yillik
hisobotlarga bo‘linadi.
Davriy hisobotlar hisobot yili ichida muntazam ravishda ma’lum
davr oralig‘i (kunlik,
haftalik, oylik, choraklik, yarim yillik, 9 oylik)
uchun tuziladi. Yillik hisobot hisobot yili tugaganidan so‘ng
tuziladi
(8.1-rasm).
8.1-rasm. Buxgalteriya hisobotlarining turkumlanishi
Moliyaviy hisobotda korxona faoliyatidan olinadigan moliyaviy
natijalar, ularning iqtisodiy tavsifiga muvofiq turlari bo‘yicha guruhlanib
aks ettiriladi.
Aktivlar, passivlar va kapital balansda korxona moliyaviy
holatini bevosita baholaydigan elementlarga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qon-
unining 16-moddasiga muvofiq moliyaviy hisobot quyidagi asosiy
shakllarni o‘z ichiga oladi:
−
buxgalteriya balansi;
−
moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot;
−
pul oqimlari to‘g‘risida hisobot;
−
xususiy kapital to‘g‘risida hisobot;
−
izohlar, hisob-kitoblar va moliyaviy hisobotga tushuntirishlar.
Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi
tizimining yakuniy natijasi
sifatida moliyaviy hisobot subyektining moliyaviy holatini va uning
moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlarni ko‘rsatadi. Bunday axborotlardan
ko‘plab iste’molchilar quyidagi maqsadlardla foydalanadi:
Dostları ilə paylaş: