R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə153/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   226
Buxgalterlik (moliyaviy) hisobot–hisobot davri uchun korxona
faoliyatining natijalari, tegishli tarzda tasdiqlangan shakllarda taqdim
etiladigan, o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar to‘plami.
Moliyaviy hisobotni tuzish va e’lon qilish tamoyili buxgalteriya hi-
sobi uslubiyatining asosi hisoblangan muhim tamoyillardan biridir.


Ishonchlilik nafaqat buxgalterlik hisobi axborotlari, balki hisobning
boshqa turlari, eng avvalo, statistik hisob ma’lumotlariga asoslanadi.
Ushbu yondoshuvning buzilishi biznes-reja tuzish, xo‘jalik faoliyatining
turli pog‘onalarida mulklarni tezkor boshqarish imkonini ham yo‘qqa
chiqaradi. Ushbu talab hisobot va reja ko‘rsatkichlarining taqqoslanuv-
chanligini talab etadi.
Hisobotning ahamiyati – uning:
ishonchliligi 
to‘liqligi
o‘z vaqtidaligi 
tekshiriluvchanligi
oddiyligi
taqqoslanuvchanligi 
tejamliligi
e’lon qilinishi
qat’iy belgilangan 
tartibda rasmiylashtirilishi


286
To‘liqlik aniqroq asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish


imkonini beradi. Shu maqsadda sintetik va analitik hisob ma’lumotlari
inventarizatsiya natijalari va mustaqil auditorlik tashkiloti xulosasi bilan
tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
O‘z vaqtidalik zarur moliyaviy hisobotlarni tegishli joylarga belgi-
langan muddatlarda taqdim etishni bildiradi. Tashkiliy-huquqiy va
mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar (budjet tashkilotlaridan tashqari)
barcha tashkilotlar har chorakda choraklik yakunlanganidan keyin 30
kun ichida moliyaviy hisobot taqdim etishlari lozim. Yillik moliyaviy
hisobot yil yakunlanganidan so‘ng 90 kun davomida, agar boshqacha
muddat O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanmagan
bo‘lsa, taqdim etilishi lozim. U mulkdorlarning ta’sis hujjatlariga mu-
vofiq belgilangan tartibda tasdiqlanishi lozim.
Moliyaviy hisobotning oddiyligi uning qisqa va tushunarliligidan
iborat. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarga o‘tkazilishi ushbu
talabni amalga oshirishga yordam bermoqda.
Moliyaviy hisobotning tekshirishga qulayligi unda taqdim etilgan
axborotning istalgan vaqtda tasdiqlanish imkoniyatini nazarda tutadi.
Ushbu shart bilvosita unda taqdim etilgan axborotning betarafligini
bildiradi.
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining taqqoslanuvchanligini 
ta’minlash maqsadida hisob siyosatiga o‘zgarishlar moliyaviy yilning
boshida kiritilishi lozim.
Agar bunday taqqoslanuvchanlik bo‘lmasa, hisobot davridan old-
ingi davr uchun ma’lumotlarga tuzatish kiritilishi kerak. Bunda
O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini huquqiy-me’yoriy
tartibga solish tizimining amaldagi me’yoriy hujjatlari bilan belgilangan
qoidalar qo‘llaniladi. Moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarining uslubiy
birligi shundan iborat.
Tuzatishlar va ularni bajarish uslubi moliyaviy hisobotga tushunti-
rish xatida tuzatishlar sababi ko‘rsatilgan holda ochib berilishi lozim.
Moliyaviy hisobotning ishonchliligi uning to‘laqonligi bilan ku-
chayadi, ya’ni u korxonaning o‘z moliya-xo‘jalik faoliyati
ko‘rsatkichlari kabi, uning filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy
bo‘linmalari, jumladan mustaqil balansga ajratilgan boshqa tarkibiy
bo‘linmalar ko‘rsatkichlarini ham o‘z ichiga olishi lozim.
Taqqoslanuvchanlik kechayotgan jarayonlar va tafovutlarni
aniqlash maqsadida har xil vaqt oralig‘ida bir xil ko‘rsatkichlar mavjud-
ligini nazarda tutadi.


287
Bunday taqqoslashning maqsadi korxona rivojlanishining borishini


aniqlash uchun zarur. Lekin, undan foydalanishda axborotlarning foy-
dalilik chegarasi tamoyilidan chetga chiqish mumkin emas. Bu esa
noto‘g‘ri xulosalarni shakllantirishga olib keladi. Masalan, korxona hi-
sobot davrida ishlab chiqarishni pasaytirish maqsadida ishlab chiqarish
tuzulmasini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan va shu munosabat
bilan bankdan uzoq muddatli kredit olgan. Taqdim etilgan moliyaviy hi-
sobot ma’lumotlariga ko‘ra korxonaning moliyaviy holati yaxshilan-
ishini faqat uzoq kelajakda ko‘rish mumkin.
Ushbu yondoshuvlarni amalga oshirish uchun moliyaviy hisobotda
keltirilgan o‘tgan davrdagi va hisobot davridagi aniq ko‘rsatkichlar
bo‘yicha axborotlarni taqqoslash keltirilishi lozim.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin