290
a) kreditlar berish bo‘yicha qarorlar qabul qilish va investitsion
qarorlar qabul qilish uchun;
b) subyektning kelgusidagi pul oqimlarini baholash;
B) subyektning resurslari, majburiyatlari va ulardagi o‘zgarishlar
to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish.
Buxgalteriya hisobotlarining tarkibi va shakllari hamda ularni
to‘lg‘azish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma O‘zbekiston
Respublikasi
Moliya Vazirligi tomonidan belgilanadi.
Yillik moliyaviy hisobot shakllarini tuzishdan oldin katta tayyor-
garlik ishlari amalga oshiriladi. Uning mazmuni hisob ma’lumotlarining
mulklar va ular manbalarining haqiqiy mavjud qoldiqlariga mosligini
tasdiqlash bilan belgilanadi.
Shuning uchun yillik balansni tuzishga yil davomida tuziladigan
balanslarga qaraganda juda yuqori ishonchlilikni ta’minlash talabi quy-
iladi.
Bunda tayyorgarlik ishlarining negizi barcha turdagi xo‘jalik mab-
lag‘lari va mablag‘lar manbalarini to‘liq inventarizatsiya qilishdan ibo-
rat.
Buxgalteriya balansini tuzish texnikasi uning isbotlovchi hujjatlar
bilan tasdiqlangan hisob yozuvlari asosida to‘ldirilishini nazarda tutadi.
Balansni tuzishdan oldin analitik hisob schotlari bo‘yicha
qoldiqlar va
oborotlar bosh daftardagi schotlar bo‘yicha qoldiqlar va oborotlar bilan
solishtirilib, tekshirilishi lozim. Bunda ularning tengligiga ishonch hosil
qilish zarur.
Hisobotning ayrim shakllarini tuzish jarayonida ularga ma’lum
talablar quyiladi. Masalan, balansni tuzishda uning ayrim moddalarini
baholash qoidalariga rioya qilish kyerak.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning mulklari va majburiyatlarini baho-
lashning umumiy tartibi O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya
hisobi
to‘g‘risida»gi Qonunining 12-moddasida belgilangan.
Buxgalteriya balansi ayrim moddalarining bahosini shakllantirish
tamoyillari quyidagi yondoshuvlarni nazarda tutadi:
−
pul to‘lash yo‘li bilan sotib olingan mulklar sotib olish uchun
qilingan haqiqiy xarajatlar bo‘yicha baholanadi;
−
bepul olingan mulklar balansda hisobga olingan sanadagi bozor
bahosi bo‘yicha
aks ettiriladi;
−
xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zida tayyorlangan mulklar
ularni tayyorlash xarajatlarining summasi bo‘yicha balansga qabul qili-
nadi;
291
−
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya
hisoblash xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya-xo‘jalik faoliyati nati-
jalari qanday bo‘lishidan qat’iy
nazar amalga oshiriladi;
−
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar balansda qoldiq qiymati
bo‘yicha baholanadi;
−
mulklar va majburiyatlarni baholashning boshqacha uslublari
amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga zid bo‘lmagan hollarda
ruxsat etiladi.
Buxgalteriya hisobotlari shakllariga quyiladigan
umumiy talablar
ularda bo‘yab tuzatish va noaniqliklar bo‘lmasligini nazarda tutadi. Agar
shakllarda xatolar aniqlansa, ular o‘rnatilgan qoidalar bo‘yicha tuzatil-
ishi lozim.
Buxgalteriya hisobotlarida aniqlangan xatolar ular qaysi davrga
taalluqli bo‘lishlaridan qat’iy nazar hisobot davridan keyingi birinchi
davrda (chorakda, yil boshidan) tuzatilishi lozim.
Tuzatishning bunday
varianti ichki audit xizmati yoki nazorat organlari tomonidan aniqlan-
gan, tekshiruvlar va inventarizatsiya chog‘ida aniqlangan noaniqliklarni
tuzatishga ruxsat etiladi.
Tuzatishlar tegishli tarzda izoh berilib, tuzatish sanasi ko‘rsatilgan
holda rahbar va bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanadi.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobotlarini tuzishga quyiladigan
talablar, umuman olganda joriy buxgalteriya hisobini shakllantirishga
quyiladigan talablarga mos keladi.
Hisobot rahbar va bosh buxgalter
tomonidan imzolanadi hamda
muhr bilan tasdiqlanadi.
Buxgalteriya hisobi shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan tash-
kilotlar tomonidan yoki buxgalteriya hisobiga doir mutaxassis bilan fu-
qarolik-huquqiy shartnomasi asosida yuritiladigan tashkilotlarda bux-
galteriya hisobotlari xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari hamda hisobni
yurituvchi chet tashkilot vakili yoki mutaxassis tomonidan imzolanadi.
Dostları ilə paylaş: