R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Moliyaviy hisobotga tushuntirish xati



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə157/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   226
8.3. Moliyaviy hisobotga tushuntirish xati 

Moliyaviy hisobotga tushuntirishlar O‘zbekiston Respublikasi


«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunining 16-moddasiga muvofiq
yoziladi.
Moliyaviy hisobotga tushuntirishlarning asosiy maqsadi
korxonaning moliyaviy ahvoli va uning mahsulot, tovar, ish va xizmatlar


292
bozoridagi o‘rni to‘g‘risida to‘liqroq axborotlar olish uchun hisobot


shakllarining mazmunini to‘ldirishdan iborat.
Ushbu vazifani amalga oshirish uchun hisobot davridagi va o‘tgan
shu davrdagi ko‘rsatkichlar taqqoslanuvchanligi, buxgalteriya balansi
(1-shakl) va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot(2-shakl)da umumiy
summa bilan keltirilgan ayrim, eng muhim mulklar va majburiyatlarni
turlarining baholash uslublarini qo‘llashda yagonalikni ta’minlashdan
iborat.
Buxgalteriya hisobini yuritishda u yoki bu qoidalar qo‘llanilishi
mumkin bo‘lmagan vaqtdagi faktlarni ko‘rsatish va tegishli asoslashlarni
tushuntirish xatida keltirish zarur. Aks holda bunday qoidalarni qo‘llash
ushbu vaziyatni mazkur qoidalarni qo‘llashdan bosh tortish deb qaraladi
va korxona tomonidan buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi amal qilayotgan
qonunchilikni buzish deb tan olinadi.
Tushuntirish xatining mazmuni korxonaning joriy investitsion va
moliyaviy faoliyatining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, jum-
ladan korxona ixtiyorida qoladigan foydaning taqsimlanishi yoki
taqsimlanmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Hisob si-
yosatining tovar-moddiy zaxiralarni baholash, ularning tayyorlanishi va
ishlatilishi, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya
hisoblash hamda ular faol qismidan foydalanishning samaradorligini
tahlil qilish, mahsulot (ish, xizmat) realizatsiya sidan olinadigan tu-
shumlarni hisoblash variantlari, yangi mahsulotlarni ishlab chiqishga
doir turli investitsion loyihalarning rejalashtirilish va amalga oshirilishi,
uning sifatini yaxshilash va hokazolar bo‘yicha batafsil ma’lumot beri-
ladi.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin