R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə163/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   226
qonuniydir, ya’ni sifat o‘zgarishlari faqat miqdor o‘zgarishlari vositasi-
dagina sodir bo‘ladi. Bu qonunning mohiyatidan kelib chiqqan holda
statistika fani bilan quyidagi tushunchalar chambarchas bog‘liqligini
ko‘rib chiqamiz.
Qonun - bu ikki hodisa o‘rtasidagi ichki va zaruriy bog‘lanishdir.
Qonun hodisalardagi muhim, umumiy, zaruriy takrorlanadigan bog‘la-

11
Miqdor ko‘rsatkichi deb, hodisaning u yoki bu xususiyati va belgisinining yuzaga chiqish me`yori,


soni va darajada ifodalangan uning tashqi qiyofasi, aniqligi tushuniladi.

12
Sifat ko‘rsatkichi deb, hodisaning ichki qiyofasi va aniqligi, uning rivojlanish qonuni va qonuniyatlari


bilan bevosita bog’liq bo‘lgan tub mohiyati tushuniladi.

301
nishlarni ifodalaydi. Masalan, qiymat qonuni bo‘yicha tovarlarning


qiymati unda mujassamlangan ijtimoiy zaruriy mehnat bilan aniqlanadi.
Qonuniyat - ko‘pincha hodisalardagi takrorlanish, ketma-ketlik,
izchillik va tartib tushuniladi. Bu ketma-ketlik, izchillik faqatgina u yoki
bu tomonga og‘gan alohida ko‘rsatkichlarning umumiy to‘plam
o‘rtasida o‘zaro yeyishib ketishi natijasida yuzaga keladi.
Statistik qonuniyatlar - ommaviy ijtimoiy ma’lumotlarni umum-
lashtirish yo‘li bilan aniqlanadigan qonuniyatlarni o‘rganilishini tushu-
namiz.
Dinamik qonuniyatlar - faqatgina alohida hodisalarda ro‘y bera-
digan qonuniyatlarni o‘rganilishini tushunamiz.
Yuqoridagi ko‘rib chiqilgan ommaviy-ijtimoiy hodisalar statistika
fani bilan ham chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu bog‘liqlikni quyida ko‘rib
chiqamiz:
Birinchidan, iqtisodiy hodisalar o‘rganiladi. Bunda, eng avvalo bu
yerda moddiy ne’matlar ishlab chiqarish ko‘zda tutiladi, ya’ni: statistika
iqtisodiy hodisalar miqdorini, ijtimoiy taraqqiyot negizi-iqtisodiy qonun
va qonuniyatlarni aniq vaqt va joy sharoitida qanday miqdoriy
bog‘lanish va nisbatlarda yuzaga chiqayotganligini o‘rganadi. Bu
o‘rinda u ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarini
bir butunligida olib tekshiradi.
Ikkinchidan, madaniy va ta’lim-tarbiya sohadagi hodisalar
o‘rganiladi. Statistika ularni ham miqdor jihatdan o‘rganadi. Jumladan, u
madaniy-ma’rifiy munosabatlarning, o‘quv yurtlarining, maktab,
bog‘cha, kutubxona va hokazolarning rivojlanishini o‘rganadi.
Uchinchidan, siyosiy va mafkuraviy hodisalar o‘rganiladi. Bunda
barcha bo‘lib o‘tgan va bo‘layotgan qurultoylar, sessiyalar, saylovlar,
ulardagi qatnashchilar soni, ovozlarning taqsimlanishi kabilar ana shun-
day hodisalar turkumiga kiradi.
To‘rtinchidan, tabiiy hodisalar o‘rganiladi. Bunda tabiiy ofatlar,
ya’ni: zilzila, suv toshqinlari, do‘l yog‘ishi, yong‘in, portlash kabilar ana
shunday hodisalar turkumiga kiradi.
Bundan tashqari, statistik qonuniyatning namoyon bo‘lishi ulkan 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin