R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Statistika fanining predmeti va metodi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə162/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   226
9.2. Statistika fanining predmeti va metodi 

Statistika mustaqil ijtimoiy fan bo‘lib, o‘zining xususiy predmeti


va usuliga ega, bu fan o‘rganilayotgan ijtimoiy hodisalarning miqdoriy
tomonlarini ularning sifat tomonlari bilan uzviy ravishda bog‘langan
holda olib o‘rganadi. Butun borliq, ya’ni moddiy dunyodagi tabiiy va
ijtimoiy hodisalarning barchasi statistikaning o‘rganish obyekti bo‘lib
hisoblanadi.
Tabiiy hodisalarning sifat tomonlarini maxsus tabiiy fanlar
o‘rganadi. Masalan, hayvonot dunyosini-zoologiya, modda tuzilishini-
kimyo, organik hayotni-biologiya, fazoni-astronomiya, yer qatlamlari
boyliklarini- geologiya fani o‘rganadi va hokazo. Tabiiy hodisalarning
miqdoriy tomonlarini esa mavhum holda matematika o‘rganadi.
Ijtimoiy hayotdagi hodisalarning sifat tomonini falsafa, iqtisodiy
nazariya, iqtisodiy geografiya, iqtisodiy ta’limotlar tarixi, iqtisodiyot va
shu kabi ijtimoiy fanlar o‘rganadi. Masalan, iqtisodiy nazariya jamiyat
oldida turgan ikkita qarama-qarshi muammo, ya’ni ishlab chiqarish re-
surslarining cheklanganligi va ehtiyojlarning cheksizligi o‘rtasidagi


300
mutanosiblikni o‘rganadi, tegishli qonun va qonuniyatlarni belgilab


beradi.
Ijtimoiy hodisalarning miqdoriy tomonlarini esa statistika
o‘rganadi. U ayrim hodisalar bilan shug‘ullanmasdan, balki ommaviy
hodisalarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomoni bilan cham-
barchas bog‘lagan holda tahlil qiladi.
Demak, statistika fanining predmeti deb, jamiyatda ro‘y berayot-
gan ijtimoiy hodisalarni miqdor
11
jihatdan o‘rganib, ularni sifat
12

ko‘rsatkichlari bilan bog‘lab, ma’lum vaqt va joyda o‘rganishiga


aytiladi.
Bu ta’rifdan quyidagi to‘rtta asosiy xususiyatlarini ta’kidlab o‘tish
mumkin:
Birinchi xususiyati shundan iboratki, bu fan o‘rganilayotgan ijti-
moiy hodisalarni o‘rgangani uchun ijtimoiy fan bo‘lib hisoblanadi va
jamiyatning hamma tomon (iqtisodiy, ijtimoiy va hokazo) larini o‘z
ichiga qamrab olib o‘rganadi.
Ikkinchi xususiyati shundan iboratki, o‘rganilayotgan ijtimoiy
hodisalarning miqdoriy tomonlarini o‘rganadi.
Uchinchi xususiyati shundan iboratki, o‘rganilayotgan ijtimoiy,
hodisalarning miqdorini sifat ko‘rsatkichlari bilan bog‘lab o‘rganadi.
To‘rtinchi xususiyati shundan iboratki, o‘rganilayotgan ijtimoiy
hodisalarning miqdori va sifatini ma’lum vaqt va joyda o‘rganadi.
Misol qilib, paxta yetishtirishni olaylik. Xo‘jalik 2010 yilda 1200,0 t.
paxta etishtirgan bo‘lsin. Bu yerda bu son paxta yetishtirish hajmini,
hodisa miqdorini belgilasa, uning chiqish tolasi esa sifat ko‘rsatkichi
bo‘lib hisoblanadi va bu ko‘rsatkichlar bir-biri bilan uzviy birlikda
bo‘ladi va bir-birini taqozo etadi.
Demak, miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlari bilan aloqasi

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin