R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə101/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   226
Texnik ekinlar. Paxta, zig‘ir (uzun tolali), zig‘ir (kalta tolali),
qandlavlagi, kungaboqar, soya, tamaki. Turlar bo‘yicha texnik ekinlar -
kanop, jut. Efir-moy va boshqa texnik ekinlar.
Texnik ekinlar urug‘liklari (har bir ekin bo‘yicha alohida).
Kartoshka, ochiq yerga ekiladigan sabzavotlar va poliz ekinlari.
Kartoshka, karam, bodring, pomidor, osh lavlagi, piyoz, sarimsoq.
Ochiq yerga ekiladigan boshqa sabzavot ekinlari (petrushka, sholg‘om,
turp, salat, shpinat, ukrop va boshqalar). Xo‘raki poliz ekinlari. Sabzavot
ekinlari urug‘liklari (har bir ekin bo‘yicha). Poliz ekinlari urug‘liklari.
Sabzavotchilik yordamchi tarmoq bo‘lgan ixtisoslashmagan
xo‘jaliklarda xarajatlar ochiq yerda ekiladigan barcha sabzavotlar
bo‘yicha yalpisiga yuritiladi.
Yopiq yerga ekiladigan sabzavotchilik. Qishki issiqxonalar (ko‘k
piyoz, bodring, pomidor, salat, rediska va boshqalar). Bahorgi is-
siqxonalar (ko‘k piyoz, bodring, pomidor, salat, selderey, karam, po-
midor ko‘chatlari va boshqalar). Himoyalangan boshqa yerlar (ko‘k pi-
yoz, bodring, pomidor, salat, selderey, karam, pomidor ko‘chatlari va
boshqalar). Shampinon xonalar (qo‘ziqorinlar, shampinon mitseliylari).
Yem-xashak ekinlar, pichanzor va yaylovlar. Xashaki ildizmevalar
(xashaki lavlagi, xashaki sholg‘om, sabzi va boshqalar). Molga oziq
uchun qand lavlagi. Xashaki ildizmevalilar urug‘liklari. Xashaki poliz
ekinlari. Silos uchun jo‘xori. Silos ekinlari (jo‘xoridan tashqari). Ekil-
ganbir yillik o‘tlar. Ko‘k oziq sifatida kuzgi don ekinlari. Ko‘k o‘g‘it
ekinzorlari (lyupin va boshqalar). Ekin o‘rib olingan yerga ozuqabop
ekilgan ekinlar (xashaki lavlagi, xashaki sholg‘om va boshqalar). Ma-
daniy pichanzorlar. Tabiiy pichanzor va yaylovlar.
Meva, rezavor meva va boshqa ko‘p yillik daraxtlar. Urug‘li
ekinlar: olma, nok, behi, do‘lana, na’matak va boshqa urug‘li, danakli
ekinlar. Danakli ekinlar: olxo‘ri, olcha, gilos, o‘rik, shaftoli va bosh-
qalar. Rezavor mevali ekinlar: qulupnay, malina, smorodina, maymun-
jon va boshqalar. Yong‘oq mevali ekinlar. Subtropik ko‘chatlar. Sitrus
ekinlari. Tokzorlar. Gulchilik. Mevazor ekinlar pitomniklari. Daraxt va
buta navlari pitomnigi. Manzarali ekinlar pitomnigi.


170
Sabzavotchilik tarmog‘i yordamchi xarakterda bo‘lgan ixti-


soslashmagan xo‘jaliklarda xarajatlar hisobi ekinlar guruhi (po‘choq
urug‘li, danakli urug‘lar, rezavorlar) bo‘yicha yoki yalpi tarmoq -
bog‘dorchilik bo‘yicha yuritiladi.
Keyingi yillarda qishloq xo‘jalik korxonalarida melioratsiya bora-
sida katta ishlar qilinmoqda. Buxgalteriya hisobida lalmi va
sug‘oriladigan yerlardagi dehqonchilik bo‘yicha xarajatlar qat’iy chega-
ralanadi. Shuning uchun yuqorida keltirilgan tasnif bo‘yicha birinchi gu-
ruh hisob obyektlarining barchasi to‘rt guruh: muntazam sug‘oriladigan
yerlar, shartli sug‘oriladigan yerlar, quritilgan yerlar, lalmi yerlar
bo‘yicha chegaralanadi. Demak, xo‘jaliklarda ayni bir ekinning o‘zi
sug‘oriladigan va lalmi yerlarga ekilgan bo‘lsa, ular bo‘yicha xarajatlar
hisobi turli obyektlar bo‘yicha chegaralanadi. Lalmi yerlardagi xarajatlar
tarkibida sug‘orilgan yerlarda mahsulot yetishtirish xarajatlari alohida
ajratiladi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin