To‘rtinchi guruh. Dehqonchilik tarmog‘idagi xarajatlarning ayrim
turlari oziq yetishtirish, mahsulotga o‘rim-yig‘imdan keyin qayta ishlov
berish, poholni yig‘ishtirish va g‘aramlash kabilar bilan bog‘liqdir. Bu
xarajatlar alohida analitik schotlarda: silos tayyorlash, senaj tayyorlash,
o‘t uni, granula va briketlar ishlab chiqarish, mahsulotga o‘rim-
yig‘imdan so‘ng qayta ishlov berish va shu kabilar hisobga olinadi. Bu
xarajatlarni alohida hisob obyektlari sifatida ajratish yo ayrim
qo‘shimcha va yondosh mahsulot turlarining tannarxi aniqroq
hisoblanadi, yo oziq ishlab chiqarish xarajatlarini alohida guruhga
ajratish zaruriyatidan kelib chiqadi. Xarajatlar har bir analitik schotda
belgilangan moddalar bo‘yicha hisobga olinadi. Yil oxirida yo tegishli
mahsulot turlarining tannarxi hisoblanadi, yo xarajatlar birinchi guruh
obyektlari schotlariga taqsimlanadi.
Dehqonchilik xarajatlarining analitik hisobi quyidagi moddalar
bo‘yicha yuritiladi:
172
1. Mehnat haqi ijtimoiy sug‘urta ajratmalari bilan birga
2. Urug‘lik va ko‘chat materiallari
3. O‘g‘itlar
4. O‘simliklarni himoya qilish vositalari
5. Ishlar va xizmatlar
6. Asosiy vositalarni saqlash xarajatlari
7. Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlari
8. Sug‘urta to‘lovlari
9. Boshqa xarajatlar
1.
«Mehnat haqi ijtimoiy sug‘urta xarajatlari bilan birga»
moddasida muayyan ekin turlari yoki guruhlarining bevosita texnologiya
jarayonida ishlagan turli toifadagi xodimlarga hisoblangan mehnat haqi
tavsifiga ega bo‘lgan pul va natura to‘lovlari hisobga olinadi.
Xodimlarning asosiy va qo‘shimcha mehnat haqlari, ijtimoiy
sug‘urta va ta’minot fondiga o‘tkazilgan ajratmalar hamda ta’til haqi
ajratmalari ham shu moddada hisobga olinadi.
Aniq bir ekin va ish turiga o‘tkazish mumkin bo‘lmagan mehnat
haqlari hisob obyektlari o‘rtasida mehnat haqiga mutanosib taqsimlanadi.
2. «Urug‘lik va ko‘chat xarajatlar» moddasida xo‘jalikning o‘zida
yetishtirilgan va sotib olingan urug‘lik va ko‘chatlar hamda ularning
tegishli ekinlarni ekish uchun sarflanishi aks ettiriladi. Bunda oldingi
yillarda yetishtirilgan hamda sotib olingan urug‘lik va ko‘chatlar haqiqiy
tannarxida aks ettirilsa, joriy yilda yetishtirilgan urug‘ va ko‘chatlar yil
davomida reja tannarxda hisobga olinib, yil oxirida haqiqiy tannarx
darajasiga yetkazib quyiladi.
Urug‘larni ekishga tayyorlash (quritish, saralash va boshqa ishlov
berish) xarajatlari ularning tannarxiga o‘tkaziladi. Lekin bevosita ekish
oldidan qilinadigan xarajatlar (urug‘ni ekish joyiga tashib keltirish,
ortish, tushirish, dorilash, ivitish va shu kabilar) urug‘ning tannarxiga
o‘tkazilmay, bevosita o‘simlikchilikning tegishli xarajat moddalari
(mehnat haqi, ishlar va xizmatlar, asosiy vositalarni saqlash
xarajatlari)ga yoziladi.
3. «O‘g‘itlar» moddasida muayyan bir ekin (ekin guruhi) sarflagan
ma’danli o‘g‘itlar, mikro o‘g‘itlar va boshqa o‘g‘itlar, shuningdek,
mahalliy o‘g‘itlar miqdor va summa ko‘rsatkichida aks ettiriladi. Bu
moddada xarajatlar ma’danli va organik o‘g‘itlar bo‘yicha alohida hi-
sobga olinadi. O‘g‘itlarni tayyorlash, yuklash, dalaga tashish va yerga
solish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar bu xarajat moddasida emas, balki
bevosita o‘simlikchilikning tegishli xarajat moddalarida aks ettiriladi.
173
4. «O‘simliklarni himoya qilish vositalari» moddasida begona
o‘tlarga, ekinlarning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi ku-
rashishda foydalaniladigan pestitsidlar, urug‘lik dorilari, defoliant va
boshqa kimyoviy va biologik materiallar sarfi hisobga olinadi.
1. «Ishlar va xizmatlar» moddasida xo‘jalikning o‘zidagi avtomobil
transporti va ot-ulov transporti, traktorlar bajargan transport ishlari
hisobga olinadi.
Yerlarni o‘g‘itlash bo‘yicha «Agrokimyota’minot» birlashmalari
va aviya otryadlar bajargan ishlar ham «Ishlar va xizmatlar» moddasida
aks ettiriladi.
Yil oxirida bajarilgan ish va xizmatlarning haqiqiy tannarxi
aniqlangandan so‘ng reja tannarx haqiqiy tannarx darajasiga yetkaziladi.
O‘simlikchilik tarmog‘i uchun ko‘rsatilgan elektr ta’minoti, suv
ta’minoti, issiqlik ta’minoti, gaz ta’minoti xizmatlari ham shu moddada
hisobga olinadi.
Chet tashkilotlarining transport va boshqa xil xizmatlari shartnoma
qiymati bo‘yicha baholanadi.
1. «Asosiy vositalarni saqlash xarajatlari» moddasida bevosita
o‘simlikchilikda foydalanilayotgan asosiy vositalarni saqlash bilan
bog‘liq bo‘lgan xarajatlar hisobga olinadi. Bularga asosiy vositalarni
saqlash, ulardan foydalanish xarajatlari, ularning amortizatsiya ajratma-
lari kiradi. Turli moslamalarning eskirishi, ularni tiklash uchun ketgan
xarajatlar ham shu modda bo‘yicha hisobga olinadi.
O‘simlikchilikda bunday asosiy vositalarga mahsulot yetishtirishda
foydalaniladigan traktorlar, qishloq xo‘jalik mashinalari, asbob-
uskunalar, issiqxonalar, parniklar, omborxona binolari, xo‘jalik ichidagi
sug‘orish shahobchalari, ko‘p yillik daraxtlar, yerlarning holatini yax-
shilash bo‘yicha qilinadigan noinventar kapital sarflar kiradi.
Mevaga kirgan daraxtlarni parvarishlash xarajatlari (amortizatsiya
ajratmalardan tashqari) bu xarajatlar moddasiga kirmaydi.
O‘simlikchilikda foydalanilgan asosiy vositalarni saqlash xarajat-
lari ayrim ekin va tugallanmagan ishlab chiqarishlarga quyidagi tartibda
o‘tkaziladi:
−
maxsus asosiy vositalar (paxta tyerish mashinalari, kartoshka
yig‘ib-terib oladigan kombaynlar va shu kabilar)ni saqlash xarajatlari te-
gishli ekinlardan olinadigan mahsulotlar tannarxiga o‘tkaziladi;
−
traktorlarni saqlash xarajatlari – ekin va ishlar uchun bajarilgan
ish hajmi (shartli etalon gektar)ga mutanosib taqsimlanadi;
174
−
qishloq xo‘jalik mashinalarini saqlash xarajatlari – ishlov beril-
gan ekinlar maydoniga mutanosib ravishda taqsimlab o‘tkaziladi;
−
hosilni yig‘ib-terib olishda foydalaniladigan asosiy vositalarni
saqlash xarajatlari yig‘ib-terib olingan ekinlar maydoniga mutanosib
ravishda taqsimlanadi;
−
o‘g‘itlash mashinalarini saqlash xarajatlari – ekin maydonlariga
solingan o‘g‘itlarning miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi;
−
g‘alla va sabzavot mahsulotlari saqlanadigan binolarning xara-
jatlari tegishli ekinlarga, g‘alla va sabzavot mahsulotlari band qilgan
maydonga mutanosib ravishda taqsimlanadi va hokazo.
1. «Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlari» mod-
dasida o‘simlikchilik tarmog‘ining brigadalarida va boshqa ishlab
chiqarish bo‘lishmalarida ishlab chiqarishni tashkil etish xarajatlari va
xo‘jalikni boshqarish xarajatlarining tegishli qismi hisobga olinadi.
1. «Sug‘urta to‘lovlari» moddasida qishloq xo‘jalik ekinlari va
meva beradigan yoshdagi ko‘p yillik daraxtlar hosilining davlat ma-
jburiy sug‘urtasiga oid to‘lovlar hisobga olinadi.
O‘simlikchilik mahsulotlari yetishtirish bilan bog‘liq bo‘lgan bi-
nolar, inshootlar, qishloq xo‘jalik mashinalari, qurilmalar, inventarlar va
boshqa asosiy vositalarning sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar ham shu mod-
dada hisobga olinadi. Bunday asosiy vositalar bo‘yicha sug‘urta
to‘lovlari o‘simlikchilik turiga (o‘simlikchilik guruhlariga) asosiy vosi-
talarni saqlash xarajatlariga mutanosib ravishda taqsimlash yo‘li bilan
olib boriladi.
9. «Boshqa xarajatlar» moddasida yuqoridagi moddalarda hisobga
olinmagan, o‘simlikchilikning barcha bevosita xarajatlari aks ettiriladi.
Bu xarajatlarga tegishli ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish
bilan bog‘liq bo‘lgan sarflar, idish va qadoqlash xarajatlari (agar idish
qiymati mahsulotning realizatsiya narxiga kiritilmasdan alohida
to‘lansa) texnika tashviqoti va standartlashtirishga oid xarajatlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |