181
hisoblashda kalkulyatsiya obyektini va Kalkulyatsiya birliklarini asosli
tanlash muhim uslubiy masala hisoblanadi.
Shu bois, dehqonchilik ishlab chiqarish xarajatlarini rejalashtirish,
hisobga olish va kalkulyatsiyalash obyektlari hamda Kalkulyatsiya bir-
liklari taqdim etildi (ilova).
Mahsulot tannarxini hisoblashdan oldin xarajatlarni aks ettiruvchi
schotlar bo‘yicha quyidagilar sinchiklab tekshiriladi:
- barcha qilingan xarajatlar va olingan mahsulotlarning hisobda
to‘liq
aks ettirilganligi;
- kelgusi yillar hosili uchun qilingan xarajatlarning yillar bo‘yicha
to‘g‘ri taqsimlanganligi va hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligi;
- tabiiy ofatlar oqibatida zararlangan ekinlar bo‘yicha xarajatlar
summasini to‘g‘ri hisobdan chiqarilganligi;
2011-«Dehqonchilik» schotida aks ettirilgan miqdor ko‘rsatkichlar
(kishi-soatlar, ekilgan urug‘lik va ko‘chatlar, solingan o‘g‘itlar va bosh-
qalar) ning to‘g‘riligi va shu kabilar.
Dehqonchilikdan asosiy, yondosh va qo‘shimcha mahsulotlar oli-
nadi. Ishlab chiqarish qanday mahsulot yetishtirish maqsadida tashkil
qilingan bo‘lsa, shu mahsulot (paxta, g‘alla, kartoshka va boshqalar)
asosiy hisoblanadi. Ayrim ekinlardan ikki va undan ortiq asosiy mahsu-
lotlar olinsa, ular yondosh mahsulotlar deyiladi. Masalan,
bir yillik va
ko‘p yillik o‘tlardan pichan, urug‘ hamda ko‘k massa olinishi mumkin.
O‘simliklarning biologik xususiyatlariga qarab asosiy mahsulotlar
bilan birga ikkinchi darajali,ya’ni qo‘shimcha mahsulotlar ham olinishi
mumkin (poxol, somon, palak va boshqalar). Demak, o‘simlikchilikdan
asosiy va xo‘jalikda foydalaniladigan qo‘shimcha mahsulotlar ham oli-
nadi.
Mahsulot tannarxini hisoblashdagi eng muhim hisob ishlaridan biri
xarajatlarni asosiy (yondosh) va qo‘shimcha mahsulotlar o‘rtasida
to‘g‘ri (haqqoniy) taqsimlashdir. Ekinlardan faqat bir xil mahsulot
olinsa, uning tannarxi qilingan barcha xarajatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri
mahsulot hajmi (sentner,
kilogramm, dona) ga bo‘lish yo‘li bilan aniqla-
nadi.
Agar ekinlardan ikki va undan ortiq mahsulotlar olinsa, tannarx
hisoblashda maxsus uslublar qo‘llaniladi. Bunday hollarda xarajatlar
asosiy (yondosh) va qo‘shimcha mahsulotlar o‘rtasida iqtisodiy asoslan-
gan uslublar bo‘yicha taqsimlanadi va tegishli mahsulot turi (asosiy,
yondosh, qo‘shimcha)ga to‘g‘ri kelgan xarajat summasi mazkur mahsu-
182
lot miqdoriga bo‘linib, mahsulot birligi (s, kg, dona) ning tannarxi
aniqlanadi.
Dehqonchilikda ekinlardan olingan hosil turlari, tugallanmagan
ishlab chiqarishga o‘tkaziladigan (ularning turlari bo‘yicha) kelgusi yil
hosili uchun qilingan xarajatlar, korxonaning o‘z aylanma mablag‘i hi-
sobidan yer holatini yaxshilash bo‘yicha qilingan ishlar tannarx
hisoblash obyekti bo‘lib hisoblanadi.
Dehqonchilik mahsulotlari tannarxini aniqlashda mahsulotni
qayergacha yetkazib berish (franko) xarajatlari qo‘shilishini
bilish mu-
him ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda belgilangan tartibga asosan
mahsulotlarni quyidagi joylarga yetkazib berish (franko) xarajatlar
qo‘shib hisoblanadi:
a) g‘alla, paxta, kungaboqar urug‘i-franko-dala (xirmon yoki dal-
adan mahsulot yig‘iladigan boshqa joy);
b) somon, pichan-franko-saqlash yoki qaytadan ishlov berish joy;
B) kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari mahsulotlari,
lavlagi va
boshqa ildiz mevalar-franko-saqlash joyi;
g) qand lavlagi (fabrikada qayta ishlanadigan) – franko-dala;
d) parnik issiqxona sabzavoti-franko-ombor yoki franko-qabul
punkti;
e) silosbop ko‘k massa-franko siloslash joy;
j) vitaminlashtirilgan o‘t uni tayyorlash uchun o‘rilgan ko‘k massa
– franko oziq tayyorlaydigan joyi.
Demak, mahsulotni iste’molchilar (tayyorlov tashkiloti,
dehqon bo-
zori, agar xo‘jalik yetkazib berayotgan bo‘lsa, bolalar muassasalari va
shu kabilar)ga yetkazib berish xarajatlari dehqonchilik mahsulotining
tannarxiga kiritilmaydi.
Mahsulotni saqlash joylari (ombor, oziq saqlanadigan joylar)gacha
yetkazib berish xarajatlari tannarxga kiritiladi, ya’ni ular yil davomida
2011-schotining debetida aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: