185
gan xarajat summasi 1220000 so‘m. 1 sentner standart va nostandart
kartoshka tannarxini hisoblash quyidagi amalga oshiriladi (6.1-jadval).
6.1-jadval
Kartoshka tannarxini hisoblash
Mahsulot
nomi
Miq-
do-
ri, s.
1s. bozor
bahosi
(so‘m)
Sotish
bahosi
bo‘yicha
qiymati
(so‘m)
Jami
qiymati dagi
ulushi, %
Xarajat
summasi
(so‘m)
1 sent-
ner-
ning
tan-
narxi
(so‘m)
Standart
kartosh-
ka
86 68000,0 5848000
89,7
5037552 58576
Nostan-
dart
kartosh-
ka
22 30500,0 671000 10,3
578448 26293
Jami - - 6519000
100,0 5616000 -
Ochiq yerdagi sabzavotlarni yetishtirish mavsumiy xususiyatga
ega. Shu boisdan bozorni yangi sabzavotlar bilan yil davomida uzluksiz
ta’minlash maqsadida xususiy mulkchilikka asoslangan yopiq yerdagi
sabzavotchilik rivojlanmoqda. Ta’kidlash joizki, ochiq yerdagi va yopiq
yerdagi sabzavotchilik tashkiliy-texnologik jihatdan bir-birlaridan
sezilarli darajada farq qilib, bu o‘z navbatida ularning tannarxini
hisoblashda turli usullarni qo‘llashni taqozo etadi.
Sabzavotlar yetishtirish bilan asosan sabzavotchilikka ixtisoslash-
gan fermer xo‘jaliklari shug‘ullanadilar. Lekin ushbu mahsulotlarni ish-
lab
chiqarish hajmi, assortimenti, tannarxi va samaradorlik
ko‘rsatkichlari fermer xo‘jaliklari bo‘yicha sezilarli darajada farq qiladi.
Yirik ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida mazkur ishlab chiqarish mu-
him hisoblanib, asosiy sabzavot mahsulotlari katta maydonlarda et-
ishtiriladi. Bunday fermer xo‘jaliklari ichki bozorni sabzavotchilik
mahsulotlari bilan ta’minlash va chetga eksport qilish bilan ham
shug‘ullanadilar. Ular odatda, shahar atrofida joylashgan bo‘lib,
mahsulotlarni iste’molchilarga
etkazish xarajatlari, ushbu mahsulotlar
tez buziluvchan bo‘lganligi bois, yo‘qotishlar ham qisqaradi.
186
Ixtisoslashmagan fermer xo‘jaliklarida sabzavotchilik mahsulotlari
xo‘jalikning ichki ehtiyojlarini qondirish va qisman bozorda sotish
uchun ishlab chiqariladi.
Sabzavotchilikda har xil mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi sezi-
larli darajada farq qiladi. Chunki bozorda ularga bo‘lgan talab va
mahsulotlarning tayinlanishi ham turlicha. Shu munosabat bilan ochiq
yerdagi sabzavotchilik asosiy ekinlar (karam, bodring, pomidor, lavlagi,
sabzi, sarimsoqpiyoz)va boshqa sabzavot ekinlariga (petrushka, salat,
shpinat, ukrop) bo‘linadi.
Ushbu sabzavot mahsulotlarining ahamiyati, yetishtirish hajmi va
fermer xo‘jaliklarining ixtisoslashganligini hisobga
olgan holda sabzavot
ekinlari bo‘yicha xarajatlarni hisobga olish obyektlari belgilanadi. Sab-
zavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida xarajatlar har bir
asosiy ekin turi bo‘yicha alohida va boshqa ekinlar bo‘yicha bir bu-
tunligicha, ixtisoslashmagan fermer xo‘jaliklarida esa ochiq yerdagi bar-
cha sabzavot ekinlari bo‘yicha butunligicha hisobga olinadi. Bu o‘z
navbatida Kalkulyatsiya obyektlari va har xil ekinlar mahsulotlarining
tannarxini hisoblash tartibini belgilashda tegishli yondashuvlarni taqazo
etadi. Masalan, ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida sabzavotchilik
mahsulotlari har bir asosiy ekin turi bo‘yicha alohida, boshqa ekinlar
bo‘yicha butunligicha hisoblanadi. Ixtisoslashmagan xo‘jaliklarda esa
ochiq yerdagi barcha sabzavot mahsulotlari tannarxi bir butunligicha
hisoblanadi.
Odatda sabzavot ekinlaridan bir turdagi mahsulotlar olinadi.
Ayrim
hollardagina palak, karam bargi, to‘liq rivojlanmagan karam boshlari
foydalanilishi mumkin. Bunday mahsulotlar qo‘shimcha hisoblanadi va
ko‘k massa tannarxi bo‘yicha baholanadi (agar kirim qilinsa). Shunday
qilib, alohida ekin turi, ekinlar guruhi butun quyi tarmoq bo‘yicha asosiy
sabzavot mahsulotlari tannarxi uni parvarishlash uchun qilingan barcha
xarajatlardan qo‘shimcha mahsulot qiymatini (agar u mavjud bo‘lsa)
chegirib, aniqlanadi.
Sabzavotchilik mahsulotlarini kirim qilishda ular standart va
nostandart mahsulotlarga bo‘linib, bu keyinchalik
mazkur mahsulotlar
har bir guruhining tannarxini alohida hisoblash uchun zarur axborotlar
bilan ta’minlaydi. Bizning fikrimizcha, standart va nostandart mahsulot-
lar tannarxini alohida hisoblash uchun asosiy mahsulotga tegishli xara-
jatlar ushbu mahsulot guruhlari bo‘yicha ularning bozor bahosiga asosan
aniqlangan qiymatiga mutanosib taqsimlanishi zarur. Fikrimizni tas-
187
diqlash uchun fermer xo‘jaligida yetishtirilgan sabzavotchilik mahsu-
lotlari tannarxini hisob-kitobini keltiramiz (6.2-jadval).
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 1s
standart sabzavot
mahsulotlari haqiqiy tannarxi 261,0 ming so‘m, 1s nostandart sabzavot
tannarxi esa 117,0 ming so‘mni tashkil etgan. 1s standart sabzavot
sotishdan 189,0 ming so‘m (450,0-261,0), nostandart sabzavot sotishdan
83 ming so‘m (200,0-117,0) foyda olingan. Demak, fermer standart
mahsulotlar ulushini ko‘paytirish va sotish bahosini yanada oshirish
imkoniyatlarini izlashi lozim. Sabzavotchilikka ixtisoslashmagan fermer
xo‘jaliklarida sabzavotchilik mahsulotlari ularning turlari bo‘yicha
hisoblanishi mumkin. Bunda hisobga olingan xarajatlarning asosiy
mahsulotlarga tegishli qismi ularning bozor bahosi bo‘yicha aniqlangan
qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Ixtisoslashgan fermer
xo‘jaliklarida «boshqa sabzavot mahsulotlari» guruhiga kiruvchi
ekinlardan olingan mahsulotlar tannarxi ham shu tartibda aniqlanadi.
6.2-jadval
Dostları ilə paylaş: