R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Bahorgi issiqxonada yetishtirilgan mahsulotlar tannarxini



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə111/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   226
Bahorgi issiqxonada yetishtirilgan mahsulotlar tannarxini 
kalkulyatsiyalash 

Ekin turlari


Ko‘rsatkichlar
Bodring Pomidor Barra
piyoz
Ham-
masi
yer maydoni, m
2
1000 1100 1000 3100
Vegetatsiya davri, kun
120
100
42
X
Kvadrat-metr kunlar
12000
111000
42000
272000
Bevosita xarajatlar (urug‘lik-
ko‘chat va h.)
80000 58000 194000
332000
Bilvosita (taqsimlanadigan)
xarajatlar
- - -
4129500
1kv.m tannarxi, so‘m
-
-
-
1332


190
Xarajatlarning ekin turlariga


taqsimlanishi
1800000 1700000 629500 4129500
Jami xarajat, so‘m 1880000
1758000
823500
4461500
Olingan mihsulot, kg
1253
976
1830
X
1kg mahsulot tannarxi, so‘m
1500
1801
450
X

Issiqxonalardan olingan mahsulotlar standart va nostandart


mahsulotlarga ajratilib, kirim qilinadi.
Nostandart mahsulotlar mavjud bo‘lganida xarajatlarni ushbu sifat
guruhlari o‘rtasida (ularning tannarxini alohida hisoblash
maqsadida)umum belgilangan tartibda, ya’ni mahsulotlarning bozor ba-
hosi bo‘yicha aniqlangan qiymatiga mutanosib amalga oshiriladi.
Ta’kidlash joizki, qishgi issiqxonalarda yil oxiriga tugallanmagan ishlab
chiqarish summalari qolishi mumkin. Bu holda uni aniqlash va shu bilan
barcha xarajatlarni olingan mahsulotlar va yil oxiriga o‘stirishda
mahsulotlar o‘rtasida taqsimlash zarurati vujudga keladi. Tugallanmagan
ishlab chiqarishni baholash umum belgilangan tartibda amalga oshiri-
ladi, ya’ni vegetatsiya jurnali ma’lumotlariga muvofiq parvarishlanayot-
gan ekinlar bo‘yicha kvadrat-metr-kunlar soni va ekish Materiallari qi-
ymati hisob-kitob qilinadi. Shunga asosan tugallanmagan ishlab chiqar-
ishga taalluqli xarajatlar aniqlanadi.
Sabzavot mahsulotlari yetishtirish uchun parniklardan foydalanil-
ganda issiqxonalardagi kabi, urug‘lik va ko‘chat Materiallari qiymati
bevosita parvarishlanayotgan ekinlarga olib boriladi. Qolgan xarajatlar
esa rom-kunlar soniga mutanosib taqsimlanadi.
Rom-kunlar mazkur ekin turi uchun ishlatiladigan romlar sonini
uning vegetatsiya davri (kunlar soni)ga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqla-
nadi. Parniklarda yil davomida romooborotlar bo‘lishi mumkin. Shuning
uchun amaldagi qoidalarda taqsimlanadigan xarajatlarni yil bo‘yicha
umumiy yillik va siklli xarajatlar bo‘yicha ajratish ko‘zda tutilgan.
Siklli xarajatlarga tuproq tashib keltirish, parniklarni bioyoqilg‘i
bilan to‘ldirish va boshqa xarajatlar kiradi. Ular faqat ramooborot yet-
ishtirilgan mahsulotlarga tegishli bo‘ladi (odatda, 1 maygacha bo‘lgan
davrda). Bu ko‘proq ko‘rsatilgan davrdan so‘ng tabiiy issiqlik yetarli da-
rajada bo‘lishi va keyingi romooborotlarda bioyoqilg‘idan foydalanishga
zarurat yo‘qligi bilan izohlanadi.


191
Yillik xarajatlar - bu tegishli ekinlarni parvarishlash bilan bog‘liq


sarf-xarajatlar. Ular har qanday romooborotga bir xil me’yorda olib
boriladi.
Shunday qilib, parniklarda birinchi romooborotda sabzavot
mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha umumiy xarajatlar summasi bevosita,
siklli va umumiy yillik xarajatlarga, keyingi romooborotlarda yetishtiril-
gan mahsulotlarga doir xarajatlar bevosita va umum yillik xarajatlarga
bo‘linadi. Parnikda yetishtirilgan sabzavot mahsulotlari tannarxini
hisoblash metodikasini fermer xo‘jaligi misolida ko‘rib chiqamiz (6.5-
jadval).

6.5-jadval 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin