R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Bog‘dorchilik va uzumchilik mahsulotlarining



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə113/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   226
6.3.6. Bog‘dorchilik va uzumchilik mahsulotlarining
tannarxini hisoblash 

Meva-sabzavotchilik shirkat xo‘jaliklari tugatilib, ular negizida ix-


tisoslashgan fermer xo‘jaliklari tashkil etilishi natijasida bog‘dorchilik
va uzumchilik sezilarli darajada rivojlanmoqda. Ishlab chiqarishni
samarali boshqarish, xususan, mahsulotlar tannarxini to‘g‘ri shakllanti-
rish va uning dinamikasini nazorat qilish, norma va normativlarning
haqqoniyligini baholash, tannarxni pasaytirish imkoniyatlarini aniqlash,
mahsulotlarga baho belgilash hamda uni tezkor qayta ko‘rib chiqish ma-
salalarini ta’minlaydigan tannarx hisoblash uslubini shakllantirish lozim.
Bu borada professor N.Yu.Jo‘raev haqli ta’kidlagan: «Mahsulotlar tan-
narxini hisoblash uchun har bir mahsulot turini ishlab chiqarish samara-
dorligini ishonchli aniqlashga imkon beradigan uslub zarur»
9
.
Darhaqiqat, har bir muayyan sharoit uchun tannarx hisoblashning
maqsadga muvofiq uslubi zarur. Masalan, hajmi nisbatan kichik meva-
sabzavotchilik fermer xo‘jaliklarida bog‘lar maydoni unchalik katta
bo‘lmasdan, asosan bir turdagi meva etishtiriladi. Shuning uchun ushbu
tarmoq xarajatlari bitta – «Bog‘dorchilik» analitik schotida butunligicha
hisobga olinishi mumkin. Ushbu analitik schotda bog‘larni parvarish-
lash, hosilni yig‘ishtirish va hosil yig‘ishtirilgandan so‘ng hisobot yili
oxirigacha bog‘da bajariladigan ishlar, barcha turdagi daraxtlar va buta-
zorlar bo‘yicha parvarishlash hamda hosilni yig‘ishtirish xarajatlari aks
ettiriladi. Natijada, bunday fermer xo‘jaliklarida bog‘dorchilik mahsu-
lotlari bir sentnerining tannarxi bir butunligicha hisoblanadi. Buning
uchun barcha xarajatlar kirimga olingan mahsulotlarning umumiy
miqdoriga (ularni turlarga ajratmasdan) bo‘linadi. Masalan, fermer
xo‘jaligida hisobot yilida xarajatlar 6510000 so‘mni tashkil etib, 186
sentner mahsulot kirim qilingan. Bunda bog‘dorchilikdan olingan 1
sentner mahsulotning haqiqiy tannarxi:

6510000:186=35000 so‘m.

9
N.YU.Jo‘raev. Ischislenie sebestoimosti produktsii sadovodstva i vinogradstva. Se`lskoe xozyastvo
Uzbekistana, №10-11, 1992, s. 44-45.


194
Bog‘dorchilik mahsulotlarining har bir turi bo‘yicha alohida tan-


narx hisoblash zarur bo‘lganida xarajatlar har bir mahsulot turining bo-
zor bahosi bo‘yicha aniqlangan umumiy qiymatidagi ulushiga mutanosib
taqsimlanishi mumkin. Agar bog‘dorchilik xarajatlari 26354000 so‘m
bo‘lib, olingan barcha mahsulotlarning bozor bahosi bo‘yicha qiymati
63540000 so‘mni tashkil etsa, u holda taqsimlash koeffitsienti quyida-
gicha aniqlanadi:

26354000:63540000=0,4147

So‘ngra har bir mahsulotning bozor bahosi bo‘yicha qiymatini
ushbu koeffitsient (0,4147)ga ko‘paytirish yo‘li bilan mahsulot turiga
tegishli xarajat summasi aniqlanadi. Aniqlangan summa ushbu ekin turi-
dan olingan mahsulot miqdoriga bo‘linib, har bir mahsulot turi birligin-
ing haqiqiy tannarxi hisoblanadi.
Agar bog‘ning qator oralariga sabzavot ekilgan bo‘lsa, u holda
ushbu ekinlar bo‘yicha barcha xarajatlar alohida «Sabzavotchilik»
analitik schotida aks ettirilib, bog‘dorchilik xarajatlariga qo‘shilmaydi.
Voyaga yetmagan va foydalanishga qabul qilinmagan yosh bog‘lardan
meva va rezavor mevalar olinganda, ular sotish mumkin bo‘lgan ba-
holarda qabul qilinishi mumkin. Ushbu baho summasidan yosh bog‘larni
parvarishlash xarajatlari chegirib tashlanadi. Natijada, yosh bog‘lardan
olingan mahsulot tannarxi ularni parvarishlash va hosilni yig‘ishtirish
xarajatlaridan oshib ketmasligi mumkin (6.7-jadval).
Yerga tushgan mevalar bog‘dorchilikda qo‘shimcha mahsulot
sifatida qabul qilinishi mumkin. U foydalanish mumkin bo‘lgan bahoda
baholanadi va shu bahoda jami xarajatdan chegirib tashlanadi. Agar
ular qayta ishlansa, sifatiga qarab bozor bahosi bo‘yicha baholanadi.
Yerga tushgan yoki buzilgan mevalar chorva mollariga berilsa, ular
ozuqa ildiz mevalilarning reja tannarxi bo‘yicha baholanib, kirim
qilinishi mumkin.
Ixtisoslashgan bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklarida alohida ekin
turlari katta maydonlarni egallab, xarajatlar ularning har biri bo‘yicha
alohida hisobga olinadi. Shuningdek, bunday fermer xo‘jaliklarida
asosiy mahsulotlar bilan bir qatorda yondosh mahsulotlar sifatida
qalamcha, parxish, ildiz bachkisi va ildiz qalamchalari ham olinadi.



195
6.7-jadval 



Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin