R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə115/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   226
Olma tannarxini hisoblash 

Mahsu-
lot nomi


(guruhi)
Miq-
dori, s
1s bo-
zor
baho-
si,
ming
so‘m
Bozor bahosi
bo‘yicha qiy-
mati, ming so‘m
Ulu-
shi,
%
Jami
xarajat,
ming so‘m
1s tan-
narxi,
ming
so‘m
Standart
olma
80 60000 4800000
80 2471040 30888
Nostan-
dart
olma
30 40000 1200000
20 617760 20592
Jami 110 X
6000000
100 3088800 X

Shundan urilgan 2 s olma qo‘shimcha mahsulot sifatida chegirib


tashlanib, qolgan 30 sentnerining tannarxi Kalkulyatsiyalanishi lozim.
Jami xarajat summasidan qo‘shimcha mahsulot qiymati (40000 so‘m)
chegirib tashlanganidan so‘ng qolgan summa (3231800 so‘m) alohida
mahsulot turlari (olma va qalamcha ko‘chat) o‘rtasida belgilangan koef-
fitsientlar bo‘yicha taqsimlanadi. Olmaga tegishli xarajat summasi
(3088800 so‘m) esa standart va nostandart olmalarning bozor baholari
bo‘yicha qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanib, 1 sentnerining tan-
narxi aniqlanadi (8-jadval). Ushbu misolda mahsulotlar tannarxini


197
aniqlashning kombinatsiyalashgan uslubi qo‘llanilgan. Ushbu uslub


qo‘shimcha mahsulotlar qiymatini chegirish, koeffitsientli va mutanosib
taqsimlash usullaridan iborat.

6.3.7. Dehqonchilik mahsulotlarining rejadagi va haqiqiy tan-
narxlari o‘rtasidagi farqlarni tuzatish 
(korrektirovka qilish) 

Dehqonchilik mahsulotlarining haqiqiy tannarxi aniqlanganidan


so‘ng yil oxiriga sarflanmay qolgan urug‘lik, yem-xashak, tovar
mahsulotlar hamda sotilgan, qayta ishlangan, chorva mollariga va
boshqa ehtiyojlar uchun sarflangan mahsulotlar qayta baholanadi ya’ni
ularning reja tannarxi haqiqiy tannarxiga tenglashtiriladi.
Mahsulotlarning haqiqiy va reja tannarxi o‘rtasidagi farqlar quyi-
dagicha hisobdan o‘chiriladi: butun korxona bo‘yicha mahsulotlarning
har bir turi bo‘yicha rejadagi va haqiqatdagi xarajat summalari taqqosla-
nadi va natijada taqsimlanishi lozim bo‘lgan umumiy farq topiladi;
mahsulot turlari bo‘yicha umumiy farqni korrektirovka qilinishi kyerak
bo‘lgan mahsulot miqdoriga bo‘lib, mahsulot birligiga qancha tejash
yoki oshiqcha sarflash to‘g‘ri kelishi aniqlanadi; aniqlangan summalar
mahsulotlarning turlari bo‘yicha ishlatilgan va xo‘jalikda qoldirilgan
miqdorlariga ko‘paytiriladi va shu mahsulotlar aks ettirilgan schotlarga
qo‘shimcha o‘tkazish (oshiqcha sarflanganda) yoki storno qilinishi (te-
jalganda) kerak.
Mahsulotlarning reja va haqiqiy tannarxlari o‘rtasidagi tafovutlar
boshqacha usulda ya’ni tafovutlarning mahsulotlar reja tannarxiga nis-
batan foizda hisoblangan hissalari bo‘yicha ham hisobdan o‘chirilishi
mumkin. Bu usulda reja va haqiqiy tannarx o‘rtasidagi tafovut quyida-
gicha hisobdan o‘chiriladi: har bir analitik schot bo‘yicha yil davomida
kirimga olingan mahsulotlarning reja tannarxini ularni yetishtirishga
ketgan haqiqiy xarajatlar bilan taqqoslanadi va bunday taqqoslash
asosida taqsimlanishi lozim bo‘lgan farq topiladi; topilgan farqlar
mahsulotlarning reja tannarxiga nisbatan foizlarda aniqlanadi; ishlatilgan
va xo‘jalikda qoldirilgan mahsulotlarning reja tannarxi hisoblab
chiqarilgan foizga ko‘paytiriladi va korrektirovka qilinishi lozim bo‘lgan
summa aniqlanadi.
Mahsulotlar reja va haqiqiy tannarxlari o‘rtasidagi tafovutlarning
jami ma’lumotlari ekin turlari (bir xil ekin guruhlari) bo‘yicha


198
«Dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot


chiqishini hisobga olish qaydnomasi»
10
ga o‘tkaziladi.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin