192
Fermer xo‘jaligi parnigida yetishtirilgan ekin turlari bo‘yicha bir
yillik bevosita xarajatlar (urug‘lik qiymati) quyidagicha: bodring-
316400 so‘m, pomidor-286840 so‘m, ko‘chatlar-225840 so‘m;
sabzavot
ekinlari va ko‘chatlarni ekish uchun parniklarni tayyorlash xarajatlar
(siklli xarajatlar)-1539720 so‘m; sabzavotlar va ko‘chatlarni
parvarishlash (yillik) xarajatlar-3553200 so‘mni tashkil etgan. Yil
davomida 8276
kg bodring, 5842 kg pomidor, 4000 ming dona ko‘chat
yetishtirilgan.
Vegetatsiya jurnali ma’lumotlariga asosan sabzavot va ko‘chatlar
uchun rom-kunlar davrlar va yil bo‘yicha aniqlanadi (6.6-jadval).
6.6-jadval
Sabzavot va ko‘chatlar yetishtirishda yillik va davrlar bo‘yicha
rom-kunlar soni
Ekinlar
1.05. gacha dastlabki 90
kundagi
rom-kunlar
(1-romoborot)
1.05. dan keyingi
rom-kunlar
(2-romoborot)
Bir
yillik rom-
kunlar soni
Bodring 146000
96000 242000
Pomidor 101600
96000 197600
Karam
ko‘chat
98400 -
98400
Va. h.k
Jami 346000 192000
538000
Umumiy xarajatlarni ham siklli xarajatlar kabi yillik parvarish-
lanayotgan alohida ekinlar o‘rtasida taqsimlash maqsadida 1
rom-kuniga
to‘g‘ri keladigan xarajatlar aniqlanadi. Bizning misolimizda 1 rom-ku-
niga to‘g‘ri keladigan:
1) siklli xarajatlar 1539720/346000=4,45 so‘m.
2) yillik xarajatlar 3553200/538000=6,61 so‘m.
Har bir ekin turi bo‘yicha rom-kunlar sonini 1 rom-kuniga to‘g‘ri
keladigan xarajatlar summasiga ko‘paytirish yo‘li bilan ko‘rsatilgan
xarajatlar taqsimlanadi.
Buning uchun bevosita, siklli va yillik xarajatlar
jamlanadi. Tegishli ekin turi bo‘yicha xarajatlarni
olingan mahsulot
miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan mahsulot birligining tannarxi aniqlanadi.
Parnik mahsulotlari tannarxini hisoblashda ularning sifat
ko‘rsatkichlari ham hisobga olinishi lozim. Bunda ma’lum
ekin turidan
193
olingan barcha mahsulotlar standart va nostandart mahsulotlarga
bo‘linadi. Ekin turlariga olib borilgan xarajatlar
standart va nostandart
mahsulotlar o‘rtasida ularning bozor bahosi bo‘yicha aniqlangan qiy-
matiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Dostları ilə paylaş: