R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Yopiq yerdagi sabzavot mahsulotlari tannarxini



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə110/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   226
6.3.5. Yopiq yerdagi sabzavot mahsulotlari tannarxini 
hisoblash xususiyatlari 

Yopiq yerda sabzavot mahsulotlari yetishtirish asosan parnik va is-


siqxonalarda amalga oshiriladi. Bunday inshootlar ko‘proq yirik sha-
harlar atrofidagi mintaqalarda keng tarqalgan. Yopiq yerda sabzavot
mahsulotlari yetishtirish xarajatlari ixtisoslashtirilgan fermer


189
xo‘jaliklarida inshoot turlari (qishgi issiqxonalar, oyna yoki shaffof


plenka qoplangan bahorgi issiqxonalar, kichik ko‘lamdagi plyonka bilan
qoplangan joylar, isitiladigan yerlar, gidroponika) va ulardagi har bir
ekin bo‘yicha alohida, ixtisoslashmagan fermer xo‘jaliklarida esa har bir
inshoot bo‘yicha hisobga olinadi. Amaldagi qoidalarga muvofiq yopiq
yerdagi sabzavotchilikda xarajatlarning hisob obyekti bo‘lib inshootlarn-
ing turlari (qishki, bahorgi issiqxonalar, parniklar va h.k) bo‘yicha aks
ettirilgan xarajatlar qabul qilingan. Bunday xarajatlar butun inshoot
bo‘yicha hisobga olinganligi esa har bir issiqxona bo‘yicha har xil
mahsulotlar yetishtirilganligi bois, ularni yetishtirish uchun qilingin
xarajatlarni mahsulot turlariga taqsimlash zarurati vujudga keladi. Bun-
day taqsimlash belgilangan bazaga mutanosib ravishda amalga oshiri-
ladi. Bunda mazkur o‘simlik turini parvarishlash uchun sarflangan
urug‘likka, ko‘chat va ekish Materiallarigina bevosita xarajat hisobla-
nadi.
Issiqxonada yetishtirilgan mahsulotlar tannarxini hisoblashda
xarajatlar ekin turlari o‘rtasida metr-kunlarga mutanosib ravishda
taqsimlanadi. Ularni aniqlash uchun issiqxonada mazkur ekin bilan band
bo‘lgan maydon uning vegetatsiya davriga (parvarishlangan kunlar
soniga) ko‘paytiriladi. Ushbu ma’lumotlar har bir inshoot bo‘yicha yu-
ritiladigan vegetatsiya jurnalidan olinadi. Misol tariqasida bahorgi is-
siqxonada yetishtirilgan mahsulotlar tannarxini hisoblashni keltiramiz
(6.4-jadval).

6.4-jadval 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin