183
bo‘yicha qilingan umumiy xarajatdan chegirib tashlanadi. Qolgan xara-
jat summasi hisobga o‘tgan paxta miqdoriga bo‘linadi.
Misol: fermer xo‘jaligida hisobga o‘tgan 2620 sentner o‘rta
tolali
paxtani yetishtirish uchun 83316,0 ming so‘mlik xarajat qilingan.
g‘o‘zapoya va g‘o‘zapo‘choqlarning normativ xarajatlar bo‘yicha qiy-
mati 164,0 ming so‘m. Demak, 1 sentner paxta tannarxi 31,8 ming
so‘mni tashkil etadi (83480,0-164,0) : 2620. Paxtaning tannarxini alo-
hida navlari bo‘yicha aniqlashda xarajatlar summasi ularning xarid ba-
hosi bo‘yicha aniqlangan qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
So‘ngra mazkur navga tegishli xarajatni shu nav bo‘yicha hisobga
o‘tgan paxta xom ashyosi miqdoriga bo‘lish yo‘li
bilan har bir nav
bo‘yicha 1 sentnerining tannarxi aniqlanadi.
6.3.3. G‘alla ekinlari mahsulotlarining tannarxini hisoblash
G‘alla ekinlari mahsulotining tannarxi ularga qayta ishlov ber-
ish,quritish natijasida kamayishi va xo‘jalikda foydalanilmaydigan xas-
cho‘plar vazni chiqarib tashlangandan keyingi vaznda aniqlanadi. Ma-
salan, fermer xo‘jaligida yetishtirilgan g‘allaning bunker vazni 992 sent-
ner. g‘allaga qo‘shimcha ishlov berish va uni
quritish natijasida kamayi-
shiga tuzilgan dalolatnomalar bo‘yicha:
a) g‘allani xas-cho‘pdan tozalash va quritish tufayli kamaygan
vazni 12 sentner;
b) em uchun foydalaniladigan don chiqiti (laboratoriya tahlili nati-
jasida tarkibida 40% don borligi aniqlangan) – 80 sentner. Undan tash-
qari, 54 sentner somon olingan. Demak, 830 sentner sof g‘alla bilan 80
sentner don chiqitining tannarxini aniqlash kyerak.
G‘allaning tannarxini aniqlash uchun 2010-«Dehqonchilik»
schotining tegishli analitik schotida g‘allaning mazkur turi bo‘yicha hi-
sobga olingan barcha xarajatlar summasidan
somon uchun normativlar
bo‘yicha qilinadigan (o‘rib-yig‘ib olish, presslash, jo‘natish, g‘aramlash)
xarajatlari summasi chegirib tashlanadi. Qolgan summa g‘alla bilan don
chiqiti tarkibidagi sof don hajmiga mutanosib taqsimlanadi. So‘ng don
chiqiti tarkibidagi 1 sentner donning tannarxi aniqlanadi.
Fermer xo‘jaligida yuqorida keltirilgan miqdordagi g‘alla mahsu-
lotlarini yetishtirish uchun 13200000 so‘m sarflangan.
G‘alla mahsulotlari tannarxini aniqlash
uchun jami qilingan xara-
jatlardan somonning normativ qiymati chegirib tashlanadi. Faraz qilay-
lik, 54 sentner somonning normativ xarajatlar bo‘yicha qiymati 270000
184
so‘mga teng, unda 1 sentner somonning normativ tannarxi 5000 so‘m
(270000:54) bo‘ladi. Bu holda g‘alla bilan don chiqitiga tegishli xarajat
12930000 so‘mni (13200000-270000) tashkil etadi.
Don chiqitining tarkibida 40% don bo‘lganligi uchun g‘allaga ay-
lantirilganda 32 sentner bo‘lsa (80x40:100), jami shartli g‘alla
miqdori
862 sentner (830+32) ga teng. Shundan don chiqitidagi g‘alla miqdori
3,712%ni (32x100:862) tashkil etadi. Demak, somonning normativ qiy-
mati (270000 so‘m) chegirib tashlangandan so‘ng qolgan xarajatlar
summasining 3,712%i don chiqiti (g‘alla)ga tegishlidir. Bu 480000
so‘mni (12930000x3,712:100) tashkil etadi. Shunday qilib, 1 sentner
don chiqiti tannarxi 6000 so‘m (480000:80) bo‘lsa, 1
sentner sof don
tannarxi 15000 so‘mga (12930000-480000):830) teng.
Amaldagi tartibga muvofiq urug‘chilik xo‘jaliklarida yetishtirilgan
urug‘lik don tannarxi quyidagi obyektlar bo‘yicha hisoblanadi: supere-
lita, elita, I va II reproduksiya va foydalaniladigan don chiqiti.
Bir sentner tegishli reproduksiyadagi urug‘lik don (superelita, elita,
I reproduksiya va II reproduksiya) tannarxini aniqlash uchun jami
xarajatdan don chiqiti normativ qiymati chegirib tashlanadi.
Qolgan
urug‘lik donga tegishli summa yuqoridagi reproduksiyalarning sotish
bahosi bo‘yicha qiymatiga mutanosib taqsimlanadi va olingan summa
tegishli reproduksiyadagi urug‘lik donning, ular tozalanib, quritilgandan
so‘nggi miqdoriga bo‘linadi. Natijada tegishli reproduksiyadagi I sentner
urug‘lik donning haqiqiy tannarxi aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: