R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Asosiy faoliyatning mahsulot (tovar, ish va xizmat) larini



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə138/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   226
7.4. Asosiy faoliyatning mahsulot (tovar, ish va xizmat) larini 
sotishni hisobga olish 

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotishga oid muomalalarni hu-
jjatlashtirish. Mahsulot sotishga oid muomalalarni rasmiylashtirish
bo‘yicha tegishli hujjatlar belgilangan.
Daladan paxta punktiga jo‘natilgan paxtaning har bir partiyasi
uchun oila pudrati boshlig‘i yoki ijarachi paxta jo‘natish – qabul-qilish 
tovar-transport nakladnoyi (I q-x shakl)ni to‘lg‘azib haydovchiga top-
shiradi.
Kombaynlar yordamida yig‘ilgan don daladan don va boshqa 
mahsulotlarni jo‘natish reestri (77-shakl) yoki daladan mahsulot olib 
chiqish yo‘l varaqasi (77-a shakl) yordamida rasmiylashtiriladi. Bu hu-
jjatlar 3 nusxada yozilib, kombaynchiga, haydovchiga va ombor
mudiriga beriladi.
O‘simlikchilik mahsulotlarini tayyorlov tashkilotlariga va boshqa
xaridor hamda buyurtmachilarga jo‘natish uchun – qabul qilish tovar-
transport nakladnoylarining quyidagi maxsus shakllari qo‘llaniladi:
paxta xom-ashyosi (№I q-x shakl (paxta)), donli, moyli o‘simliklar (№I
q-x shakl (don)), sabzavotlar, mevalar, rezavor mevalar (№I q-x
shakl(sabzavot)) va qand lavlagi (№I t.p. shakl (lavlagi).
Yuqorida ko‘rsatilgan maxsus tovar-transport nakladnoylari
o‘simlikchilik mahsulotlarini avtotransport, traktor, temir yo‘l va suv
transporti hamda ot-ulov yordamida tayyorlov tashkilotlariga va boshqa
xaridorlarga tashib berishni rasmiylashtiradigan yagona hujjat hisobla-
nadi. Pilla, omuxta yem, meva-sabzavot va boshqa konservalarni tashish
uchun idoralararo tovar-transport nakladnoyi (¹ I-t shakl) qo‘llaniladi.
Odatda, nakladnoylar to‘rt nusxada yoziladi.
Qishloq xo‘jalik korxonasi tovar-transport nakladnoylarni har bir
yuk qabul qilib oluvchi uchun alohida barcha zarur rekvizitlarini
to‘lg‘azib, transport vositasining har bir qatnovi uchun alohida
to‘lg‘azadi. Tovar-transport nakladnoylarining barcha rekvizitlarini
to‘g‘ri to‘lg‘azish yuk jo‘natuvchining mahsulotni to‘g‘ri hisobdan


249
o‘chirishi, yuk oluvchining esa to‘g‘ri kirimga olishini hamda sotilgan


mahsulotlar va ularni tashish bo‘yicha hisoblashuvlarni o‘z vaqtida
amalga oshirishni ta’minlaydi.
Bir avtomobilda bir necha yukni bir vaqtda bir necha yuk olu-
vchilarga jo‘natilgan hollardan tovar-transport nakladnoylari har bir
Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin