R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga olish



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə141/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   226
7.5.2. Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga olish 

Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni hisobga olish-


quyidagi schotlarda yuritiladi:
9310-«Asosiy vositalarning chiqib ketishidan olingan foyda»
9320-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan olingan foyda»
9330-«Undirilgan jarimalar, penya va ustamalar»
9340-«O‘tgan yillar foydalari»
9350-«Qisqa muddatli ijaradan olingan daromadlar» .
9360-«Kreditorlik va deponentlik qarzlarni hisobdan chiqarishdan
daromadlar»
9370-«Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning daromadlari»
9380-«Tekin moliyaviy yordam»
9390-«Boshqa operatsion daromadlar».
9310-«Asosiy vositalarning chiqib ketishidan olingan foyda»
schotida asosiy vositalarning chiqib ketishidan olingan foyda summasi


254
aks ettiriladi, u 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schoti kredi-


tidan o‘tkaziladi, 9320-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan olingan
foyda» schotida esa boshqa aktivlarning chiqib ketishidan olinadigan
foyda summasi aks ettiriladi, u 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ket-
ishi» schotining kreditidan o‘tkaziladi.
9330-«Undirilgan jarimalar, penya va ustamalar» schotida qarz-
dorlardan olingan (olinishi lozim bo‘lgan) jarimalar, penyalar, ustamalar
va xo‘jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun boshqa jazo turlari,
shuningdek, yetkazilgan zararlarning qoplanishi bo‘yicha daromadlar
hisob-kitoblar yoki pul mablag‘larini hisobga oluvchi schotlar bilan kor-
respondensiyada aks ettiriladi.
Masalan, xo‘jalik shartnomalari shartlarining buzilganligi uchun
ustamalar olingan:
Hisoblab yozishlar chog‘ida (xo‘jalik sudining qarori, inkasso ta-
labnomasi taqdim etilgan hollarda):
D-t 4860-«Da’volar bo‘yicha olinadigan schotlar»
K-t 9330-«Undirilgan jarimalar, penyalar va ustamalar».
Ustamaning‘ olinishi chog‘ida:
D-t 5110-«Hisob-kitob schoti»
K-t 4860-«Da’volar bo‘yicha olinadigan schotlar».
Bu yerda yana bir marotaba ta’kidlash lozimki, xuddi buxgalteriya
hisobidagi kabi, O‘zbekistonda soliq hisobining asosiy tamoyili hisoblab
yozish tamoyili hisoblanadi, shuning uchun ham mazkur holatda daro-
mad hisobda pul mablag‘larining haqiqatda olinishi vaqtidan qat’i nazar
aks ettiriladi.
9340-«O‘tgan yillar foydasi» schotida hisobot yilida aniqlangan
o‘tgan yillarning foydasi, shu jumladan, o‘tgan davrlarda aniqlangan
xatolar natijasida aniqlangan summalar ham aks ettiriladi.
Masalan, o‘tgan yillar uchun uskunaga doir ortiqcha hisoblab
yozilgan amortizatsiyaga oid tuzatishlar aks ettirilgan:
D-t 0230-«Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi»
K-t 9340-«O‘tgan yillar foydasi».
№3-«Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» nomli BHMSga mu-
vofiq avvalgi davrlarning moliyaviy hisobotlari tayyorlanishi chog‘ida
yo‘l quyilgan xatoliklarni (muhim bo‘lmagan) tuzatish summasi hisobot
davrining sof daromadi yoki zarariga kiritiladi. 9340-schotda aks ettiril-
gan foyda korxonaning soliq solinadigan daromadiga kiritiladi; shuning-
dek, daromadlar (foyda) solig‘ining o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun
penyalar ham hisoblab yozilishi lozim.


255
Avvalgi davrda yo‘l quyilgan jiddiy xatoliklarga oid tuzatishlar


summalari esa yil boshida taqsimlanmagan foyda qoldig‘ini o‘zgartirish
yo‘li bilan aks ettiriladi. Masalan, moliyaviy natijalarga sezilarli dara-
jada ta’sir ko‘rsatilgan hollarda shu holat (ortiqcha hisoblab yozilgan
amortizatsiyaga oid tuzatishlar) quyidagi tartibda aks ettirilishi mumkin:
D-t 0230-«Mashina va asbob-uskunalarning‘ eskirishi»
K-t 8720-«Jamg‘arilgan foyda»
K-t 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar».
Mazkur holatda jiddiy xato summasi aynan mana shu davrda olin-
gan daromad deb hisoblanmasligi uchun joriy davrning daromadi sifa-
tida aks ettirilmaydi. Ushbu summa daromadlarni hisobga oluvchi
schotlarni chetlab o‘tganligi, ya’ni soliqqa tortiladigan bazaga
qo‘shilmaganligi uchun ham 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz
(turlari bo‘yicha)» schotining krediti bo‘yicha tegishli soliq stavkasi
bo‘yicha hisoblangan soliq summasi aks ettiriladi.
9350-«Qisqa muddatli ijaradan olingan daromadlar» schotida mol-
mulkning ijaraga berilishidan olingan (bir yildan ortiq bo‘lmagan mud-
datga) daromadlar aks ettiriladi. Masalan, 200,0 ming so‘mdan iborat
summadagi ijaradan olingan daromadning, QQSni hisobga olgan holda,
hisoblab yozilishi chog‘ida quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiri-
ladi:
D-t 4820-«Qisqa muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar»-
150,0 ming so‘m.
K-t 9350-«Qisqa muddatli ijaradan olingan daromadlar» — 125,0
ming so‘m.
K-t 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar», QQS- 25,0 ming
so‘m
Ijaradan daromad olinishi chog‘ida:
D-t 5110-«Hisob-kitob schoti» — 150,0 ming so‘m
K-t 4820-«Qisqa muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar»-
150,0 ming so‘m


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin