R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Moliyaviy faoliyat daromadlari va xarajatlarini hisobga



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə143/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   226
7.7. Moliyaviy faoliyat daromadlari va xarajatlarini hisobga 
olish 

Moliyaviy faoliyat daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi ax-


borotlarni aks ettirish uchun quyidagi schotlar mo‘ljallangan:
9500-«Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schotlar»
9510-«Royalti ko‘rinishidagi daromadlar»
9520-«Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar»
9530-«Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar»
9540-«Valutalarning kurs farqlaridan olingan daromadlar»
9550-«Uzoq muddatli ijaradan olingan daromadlar»


261
9560-«Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan olingan daromad-


lar»
9590-«Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari»
9600-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni hisobga oluvchi
schotlar»:
9610-«Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar»
9620-«Valuta kursidagi farqlardan ko‘rilgan zararlar»
9630-«Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xara-
jatlar» schoti
9690-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar» schoti.
Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar va xarajatlarni shakllan-
tirish tartibi №2 «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar», №6
«Ijara hisobi», №12 «Moliyaviy investitsiyalar hisobi» BHMSlar va
«...xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom» bilan tartibga solinadi.
9510-schot kreditida olinadigan royalti, 9610-schot debetida esa -
royalti bo‘yicha to‘langan (hisoblangan) hisob-kitoblar va pul mab-
lag‘larini hisobga oluvchi schotlar bilan korrespondensiyada aks ettiri-
ladi.
Masalan, oluvchi tarafda royalti bo‘yicha olinadigan daromad
hisoblab yozilgan:
D-t 4850-«Royalti bo‘yicha olinadigan schotlar» schoti
K-t 9510-«Royalti ko‘rinishidagi daromadlar» schoti.
Uni olish chog‘ida:
D-t 5110-«Hisob-kitob» schoti
K-t 4850-«Olinadigan royalti» schoti.
To‘lovchi korxonada royaltiga oid summalarning to‘lanishi:
D-t 9690-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar» schoti
K-t 5110-«Hisob-kitob schoti».
9520-schotda boshqa korxonalarning faoliyatida ulush qo‘shib ish-
tirok etishdan olingan daromadlar va korxonaga tegishli aksiyalar
bo‘yicha olinadigan dividenlar aks ettiriladi.
Masalan, dividend ko‘rinishidagi daromad aks ettirilganida:
D-t 4840-«Olinadigan dividendlar» schoti
K-t 9520-«Dividend ko‘rinishidagi daromadlar» schoti.
Uni olish chog‘ida:
D-t 5110-«Hisob-kitob schoti»
K-t 4840-«Olinadigan dividendlar» schoti
9530-schotda uzoq muddatli va joriy investitsiyalar bo‘yicha foiz
ko‘rinishidagi daromadlar, 9610-schotda esa – banklar, yetkazib beru-


262
vchilarning kreditlari va qarzlar bo‘yicha foizlarning to‘lanishiga oid


xarajatlar aks ettiriladi.
Masalan, qarz beruvchi tashkilotda berilgan qarzlar bo‘yicha fo-
izlar hisoblab yozilganida:
D-t 4830-«Olinadigan foizlar» schoti
K-t 9530-«Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar» schoti.
Uni olish chog‘ida:
D-t 5110-«Hisob-kitob schoti»
K-t 4830-«Olinadigan foizlar» schoti.
Qarz oluvchi tashkilotda to‘lanadigan foizlarning (olingan qarzlar
bo‘yicha) hisoblab yozilishi:
D-t 9610-«Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar» schoti
K-t 6920-«Hisoblangan foizlar» schoti.
Foizlar to‘langanida:
D-t 6920-«Hisoblab yozilgan foizlar» schoti.
K-t 5110-«Hisob-kitob schoti».
Olingan qarz va kreditlar (6800, 7800-schotlar) bo‘yicha hisoblan-
gan foizlaralohida (6920-schotda) hisobga olinadi. Bu qarz (kredit)
larning balans qiymati hisoblangan foizlar o‘zgarmasligini ta’minlaydi.
9540-«Valyutalarning kurs farqlaridan olingan daromadlar»
schotida valyuta schotlari bo‘yicha ijobiy kurs farqlari, shuningdek,
xorijiy valyutalar bilan amalga oshirilgan operatsiyalarga oid
daromadlar hisobga olinadi. 9620-«Valutalarning kurs farqlari bo‘yicha
xarajatlar» schotida esa-xorijiy valutalar bilan amalga oshirilgan
muomalalarga oid salbiy kurs farqlari va zararlar aks ettiriladi.
Masalan, valuta schoti bo‘yicha ijobiy kurs farqi aks ettirilganda:
D-t 5210-«Mamlakat ichidagi valuta schotlari»
K-t 9540-«Valyutalar kursi farqlaridan daromadlar».
Valyuta schotiga oid salbiy kurs farqi:
D-t 9620-«Valyutalar kursi farqlaridan zararlar»
K-t 5210-«Mamlakat ichidagi valuta schotlari».
«Xorijiy valyutadagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobi, statistik
va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to‘g‘risida Nizom»ga muvofiq
(O‘zR Adliya vazirligi tomonidan 2001 yil 16 noyabrda 1085-son bilan
ro‘yxatdan o‘tkazilgan), unga oid qo‘shimchalarni hisobga olgan holda
(O‘zR Adliya vazirligi tomonidan 2003 yil 7 iyunda ro‘yxatdan
o‘tkazilgan), xo‘jalik yurituvchi subyektlar valuta schotidan olingan
bank ko‘chirmalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki


263
kursi bo‘yicha balansning valuta moddalarini har oyda qayta baholashni


amalga oshiradilar.
Yuzaga kelgan valuta kursi farqlari xo‘jalik yurituvchi subyektning
hohishiga qarab quyidagi usullardan biri bo‘yicha hisobdan chiqariladi:
1)
Bevosita moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalariga olib borish
yo‘li bilan (keyingi o‘rinlarda — bevosita olib borish usuli). Bunda ijo-
biy kurs farqlari moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarni hisobga
oluvchi schotlarda (9540-schot), salbiy kurs farqlari esa — moliyaviy
faoliyatga oid xarajatlarni hisobga oluvchi schotlarda (9620-schot) aks
ettiriladi.
2)
Jamlash yo‘li bilan (keyingi o‘rinlarda — jamlash usuli).
Bunda ijobiy kurs farqlari muddati kechiktirilgan daromadlar (kelgusi
davrlar daromadlari)ni hisobga oluvchi schotlarda (6230-schot), salbiy
kurs farqlari esa kelgusi davrlar xarajatlarini hisobga oluvchi schotlarda
(9620-schot) aks ettiriladi.
Valyuta kursi farqlar tegishli schotlarga olib borishning xo‘jalik
yurituvchi subyekt tomonidan tanlangan usuli uning hisob siyosatida
majburiy tartibda aks ettirilishi va kalendar yil davomida
o‘zgartirilmasligi lozim (№1 BHMSning 56-bandida nazarda tutilgan
holatlar bundan mustasno).
Valyuta kursi farqlarini to‘g‘rilash(korrektirovka)ning jamlash
usuli qo‘llanilganda balansning valyuta moddalarini har oyda qayta
baholash natijasida hosil bo‘lgan salbiy va ijobiy kurs farqlari moliya-
xo‘jalik faoliyati natijalariga quyidagi tartibda olib boriladi:

xorijiy valutadagi debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‘yicha —
ularni qoplash (hisobdan chiqarish)ning borishiga qarab);

qolgan holatlarda — balansning tegishli valuta moddalari
bo‘yicha xo‘jalik operatsiyalarining amalga oshirilishiga qarab.
Balans valuta moddalarining so‘mdagi ekvivalentida qayta ba-
holanishi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisobot oyin-

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin