«... Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom» ga muvofiq favqulodda
268
- korxonaning odatdagi xo‘jalik faoliyatiga xos emaslik;
- bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak;
- boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog‘liq
emasligi.
Tegishli moddalarni favqulodda xarajatlarga kiritish yoki kirit-
maslik to‘g‘risida qarorlar qabul qilishda ishlar amalga oshiriladigan
sharoitlarni ham hisobga olish lozim. Masalan, agar xo‘jalik yurituvchi
subyekt alohida iqlim sharoitlarida joylashgan bo‘lsa,
u holda iqlim
sharoitlariga bog‘liq holdagi ishlamay turib qolishlar favqulodda deb ba-
holanishi mumkin emas, chunki ushbu modda «bir necha yil mobaynida
takrorlanmasligi kerak» mezoniga javob bermaydi.
Masalan, tabiiy ofatlardan keyin inventarizatsiya qilish chog‘ida
aniqlangan materiallar kamomadlari aks ettirilgan:
D-t 9720-«Favqulodda zararlar» schoti
K-t 1010-«Xom ashyo va Materiallar» schoti.
Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga
muvofiq favqulodda
moddalarga quyidagilar kiradi: mol-mulkning majburiy tarzda olib quy-
ilishi natijalari, yirik baxtsiz hodisalarning oqibatlari,
joriy etilgan
qonunlar yoki me’yoriy hujjatlarlarga muvofiq taqiqlashlar natajasida
yuzaga kelgan zararlar va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: