R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun foydaning ishlatil-



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə146/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   226
7.9. Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun foydaning ishlatil-
ishini hisobga olish

Joriy yilda olinadigan foydadan yil davomida soliqlar va yig‘imlar


to‘lash uchun foydalanish quyidagi schotlarda amalga oshiriladi:
9810-«Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar» schoti
9820-«Foydadan olingan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha
xarajatlar».
Daromad (foyda) solig‘i, yagona soliq, yalpi tushumdan yagona
soliq, infratuzilmani rivojlantirish solig‘ining hisoblab yozilishi 9810,
9820-schotlar debetida va 6410-"Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (tur-
lari bo‘yicha)" schotining krediti bilan korrespondensiyalangan holda
aks ettiriladi. 9810 va 9820-schotlar debetida jamlangan summalar hi-
sobot davrining oxirida ularning kreditidan 9910-«Yakuniy moliyaviy
natija» schotining debetiga o‘tkazilib yopiladi.
Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga va №21 BHMSga mu-
vofiq hisobot davrida daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar
vaqtincha farqlarning soliq samarasini hisobga olish asosida aniqlanadi.


269
Bizning amaliyotimiz uchun yangi bo‘lgan ayrim tushunchalarga


to‘xtalib o‘tamiz.
Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar — hisob siyosatiga
muvofiq hisoblab chiqariladigan daromad (foyda) solig‘i summasi
(9810-schot).
To‘lanadigan daromad (foyda) solig‘i — soliqqa oid qonun hu-
jjatlariga muvofiq hisoblab chiqariladigan daromad (foyda) solig‘i
summasi (6410-schot).
Muddati uzaytirilgan soliq majburiyati —soliqqa tortiladigan
vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kelgusi davrlarda to‘lanadigan daromad
(foyda) solig‘i summasi (6250, 7250-schotlar).
Muddati uzaytirilgan soliq talabi — chegirib tashlanadigan vaqtin-
chalik farqlar bo‘yicha kelgusi davrlarda qoplanadigan daromad (foyda)
solig‘i summasi (0950, 3210-schotlar).
Muddati uzaytirilgan soliq talablarining kelgusi davrlarda hisobga
olinishi mazkur davrlardagi soliqqa tortiladigan daromadning kamay-
tirilishini bildiradi. Muddati uzaytirilgan soliq majburiyati kelgusida
soliqqa tortiladigan daromadni ko‘paytiradi.
Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyektning hisobot davridagi soliqqa
tortiladigan daromadi 500,0 ming so‘mni, 3210-«Vaqtinchalik farqlar
bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i» schotining saldosi 40,0
ming so‘mni tashkil qiladi. Bu esa o‘tgan hisobot davrlarida soliq soli-
nadigan daromadning balans foydasidan katta bo‘lganligini va korxona
hisob siyosatiga muvofiq hisoblab yozilganidan 40,0 ming so‘m ko‘p
summani budjetga to‘laganligini anglatadi.
Agar 3210-schotda vaqtinchalik farqlar bo‘yicha muddati kechik-
tirilgan daromad (foyda) solig‘i summalari mavjud bo‘lmaganda edi,
korxona budjetga 100,0 ming so‘m daromad solig‘i
(500000x20%:100%) to‘lagan bo‘lar edi. Biroq 3210-schotdagi qoldiq
ushbu summani kamaytiradi va korxona budjetga 40000 so‘m kam,
ya’ni 60000 so‘m daromad solig‘i to‘laydi (100000-40000).
D-t 6410-«Foyda solig‘i bo‘yicha budjetdan qarzlar» schoti -
40000
K-t 3210-«Vaqtinchalik farqlarga bo‘yicha muddati kechiktirilgan
daromad solig‘i» schoti - 40000.
Demak, agar korxona, chegirmalar amalga oshirilishi mumkin
bo‘lgan yetarlicha soliqqa tortiladigan daromad olgandagina, soliq
to‘lovlarining qisqartirilishi shaklidagi iqtisodiy nafni qo‘lga kiritadi.
Shuning uchun, agar korxonada vaqtinchalik farqlar chegirib tashlanadi-


270
gan, soliqqa tortiladigan daromadni olish ehtimoli mavjud bo‘lgandagina


muddati uzaytiriladigan soliq talabi tan olish o‘rinli hisoblanadi.
9820-«Foydadan olingan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha
xarajatlar» schotida korxonalarning foydasidan to‘lanadigan boshqa
soliqlarga oid hisoblab yozishlar aks ettiriladi. Masalan, infratuzilmani
rivojlantirish uchun to‘lanadigan soliqning hisoblab yozilishi schotlarda
quyidagicha aks ettiriladi.
D-t 9820-«Foydadan olingan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha
xarajatlar» schoti
K-t 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» schoti.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin