R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə142/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   226
7.6. Davr xarajatlarini hisobga olish

«... Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq davr sarflari


ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar va
sarflar bo‘lib, unga xo‘jalik yurituvchi subyektni boshqaruv xarajatlari,
mahsulot sotish xarajatlari va umum xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan
boshqa xarajatlar kiradi.


256
Ushbu xarajatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri korxonaning mahsulot(ish, xiz-


mat)lar ishlab chiqarishga oid faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmasada, lekin
ularning realizatsiyasiga oid asosiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lganligi
uchun ham operatsion xarajatlar deb ataladi. Ular, asosan, ishlab
chiqarilgan mahsulot hajmiga bog‘liq bo‘lmasdan, daromadlarning
olinishi chog‘ida qilingan xarajatlar bo‘lib, daromadlar va xarajatlarning
muvofiqligi tamoyiliga binoan ushbu xarajatlar tufayli olingan daro-
madlar aks ettirilgan hisobot davriga kiritilishi kyerak.
Davr xarajatlari quyidagi schotlarda aks ettiriladi:
9410-«Sotish xarajatlari»
9420-«Ma’muriy xarajatlar»
9430-«Boshqa operatsion xarajatlar»
9440-«Kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan hisobot
davri xarajatlari».
Zarur hollarda xo‘jalik yurituvchi subyekt ishchi schotlar rejasiga
tegishli bo‘limlarda qo‘shimcha schotlarni ochishi va uni hisob siyosa-
tida aks ettirishi mumkin.
Masalan, quyidagi schotlarni joriy qilish mumkin:
9441-«Reklamaga oid xarajatlar»,
9412-«Saqlash va tashish bo‘yicha xarajatlar»,
9421-«Ma’muriy boshqaruv xodimlarining ish haqi xarajatlari»,
9423-«Umumma’muriy maqsadlardagi asosiy vositalarning
eskirishi»
9431-«Asosiy vositalarning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar»
9433-«TMZlar bahosining arzonlashtirilishidan ko‘rilgan zararlar»
9437-«ITTKIga oid xarajatlar»,
9438-«Hisoblab yozilgan jarimalar, penyalar, ustamalar» yoki
mazkur korxonaga xos bo‘lgan operatsiyalarni aks ettirish uchun zarur
bo‘ladigan boshqa schotlar.
9410-«Sotish bo‘yicha xarajatlar» schotida mahsulotni sotishga oid
xarajatlar, ya’ni mahsulotlarni iste’molchiga yetkazib berish, transport
vositalarga yuklash bilan bog‘liq xarajatlar, marketing bilan, mahsulot-
larni sotish va shu kabilar bilan band bo‘lgan bo‘limlar va xodimlarning
xarajatlari aks ettiriladi.
Masalan, reklamaga oid xarajatlar aks ettirilganida:
D-t 9411-«Reklamaga oid xarajatlar»
K-t 5110-«Hisob-kitob schoti».
Tovarlarni xaridorlarga yuklab jo‘natish chog‘ida transport xara-
jatlari aks ettirilgan:


257
D-t 9412-«Saqlash va tashish bo‘yicha xarajatlar»


K-t 5110-«Hisob-kitob schoti»
9420-«Ma’muriy xarajatlar» schotida korxonani boshqarish
bo‘yicha xarajatlar, umumma’muriy maqsaddagi asosiy vositalarni ta’-
mirlashga oid xarajatlar, umumxo‘jalik maqsadlarida xonalarning ijara
to‘lovlari, axborotga oid, auditorlik va maslahat xizmatlari xaqining
to‘lanishi va boshqa xarajatlar.
Masalan, boshqaruv xodimlariga ish haqi hisoblanganda:
D-t 9423-«Ma’muriy boshqaruv xodimlarining ish haqi xarajatlari»
K-t 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar hisob-kitoblar».
Ma’muriy bino bo‘yicha eskirish hisoblanganda:
D-t 9423-«Umumma’muriy maqsadlardagi asosiy vositalarning
amortizatsiyasi»
K-t 0220-«Binolarning eskirishi».
9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schotida ilmiy-tadqiqot ta-
jriba-konstruktorlik» ishlanmalariga oid xarajatlar, korxona aktivlarining
sotilishi va boshqacha, chiqib ketishlaridan ko‘rilgan zararlar, TMQlar
bahosining arzonlashtirilishidan ko‘rilgan zararlar, tabiiy kamayishlar-
dan ko‘rilgan zararlar, xodimlarga beriladigan moddiy yordamlar, sud
chiqimlari va xo‘jalik faoliyati jarayonida yuzaga keladigan (ishlab
chiqarish jarayoni, moliyaviy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan va
favqulodda xarajatlar moddalari sifatlariga ega bo‘lmagan) boshqa
xarajatlar ko‘rsatiladi.
Masalan, asosiy vositalarning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar aks
ettirilganda:
D-t 9431-«Asosiy vositalarning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar-
lar»
K-t 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi».
Tovarlar bahosining arzonlashtirilishidan ko‘rilgan zarar aks et-
tirilganda:
D-t 9433-«TMZlarning arzonlashtirilishidan ko‘rilgan zararlar»
K-t 2910-«Ombordagi tovarlar».
O‘z vaqtida to‘lanmagan soliqlar bo‘yicha penyalar aks ettirilgan:
D-t 9438-«Hisoblab yozilgan jarimalar, penyalar, ustamalar»
K-t 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar».
9440-«Kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan hisobot
davri xarajatlari» schotida, «... schotlar rejasini qo‘llash bo‘yicha
yo‘riqnoma»ga muvofiq, Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomga


258
ilovada keltirilgan, kelajakda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan


hisobot davri xarajatlari (ya’ni vaqtinchalik farqlar) aks ettiriladi.
Ma’lumki, «... xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ning 1 va 2-
ilovalari buxgalteriya hisobi maqsadlari va soliq solish maqsadi uchun
xarajatlarni hisoblab yozish chog‘ida yuzaga keluvchi farqlarni aks etti-
radi.
Mazkur Nizomning 1-ilovasida korxona daromadlaridan hisobot
davrining sof foydasini hisob-kitob qilish chog‘ida chiqarib tashlanadi-
gan, biroq xo‘jalik yurituvchi subyektning soliq solinadigan bazasiga
soliqqa oid qonun hujjatlariga muvofiq daromad (foyda) solig‘ining hi-
sob-kitobi chog‘ida kiritiladigan xarajatlar moddalari keltiriladi. Bular
keyingi davrlarda bekor qilinmaydigan doimiy farqlardir. Ularga
xodimlarga to‘lanadigan moddiy yordamlar, qo‘shimcha ta’til, mukofot-
larning to‘lanishi, uyali va peyjing aloqalar, yengil xizmat avtotranspor-
tiga xizmat ko‘rsatish va ko‘pgina boshqa xarajatlar kiritiladi.
2-ilovada sof foydani hisob-kitob qilish chog‘ida korxonaning
daromadlaridan chegirib tashlanadigan, biroq ularning yuzaga kelishi
vaqtida soliq solinadigan bazaga kiritiladigan xarajatlarning ro‘yxati
beriladi. Doimiy farqlardan farqli ravishda ushbu xarajatlar keyingi
davrlarda soliq solinadigan baza tarkibidan chiqarib tashlanishi kyerak
(vaqt bo‘yicha tafovutlar yoki vaqtincha farqlar).
Vaqtinchalik farqlar hisobga olinishi lozim bo‘lgan (mazkur
bo‘limning boshqa barcha schotlari kabi) 9440-schot ham hisobot
davrining oxiriga borib saldoni 9910-«Yakuniy moliyaviy natija»
schotiga o‘tkazish bilan yopiladi, 9440-schotda jamlangan xarajatlar
to‘g‘risidagi axborot esa 012-«Kelgusi davrlardagi soliq solinadigan ba-
zadan chiqariladigan xarajatlar» nomli balansdan tashqari schot debetiga
yoziladi. Ushbu xarajatlar, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, soliq solish
maqsadlari uchun joriy davrning soliq solinadigan bazasiga qaytadan
kiritilishi kyerak, keyinchalik esa undan mazkur xarajatlarning butun
foydali amal qilish muddati davomida yoki ushbu muddatlardan qaysi
biri qisqa bo‘lishidan kelib chiqqan holda 10 yil davomida chegirilib
boriladi.
Xarajatlarning buxgalteriya hisobi maqsadlari va soliqqa tortish
maqsadlari uchun aks ettirilishidagi farqlar buxgalteriya hisobining
asosiy maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining sof
foydasini, demak, bozordagi raqobatbardoshligini ham aniqlash uchun
ularning xarajatlari hisoblash va moliyaviy natijalarini aniqlash
ekanligidan kelib chiqadi. Soliq organlari, odatda, buxgalterlik foydasi


259
bilan qiziqmaydilar, ularni xo‘jalik yurituvchi subyektning ayrim xara-


jatlar moddalarini soliqqa oid qonun hujjatlariga muvofiq buxgalterlik
foydasiga qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadigan soliqqa tortiladigan
daromad ko‘proq qiziqtiradi.
Buxgalteriya hisobining xalqaro tamoyillariga binoan vaqtinchalik
farqlar — hisobot davrining soliqqa tortiladigan va hisob daromadlari
o‘rtasidagi farqlar bo‘lib, ular ayrim moddalari soliqqa tortiladigan
daromadga kiritiladigan hisobot davri ular hisob daromadiga kiritiladi-
gan hisobot davri bilan muvofiq kelmasligi sababli yuzaga keladi. Do-
imiy farqlardan farqli ravishda, vaqtinchalik farqlar keyingi hisobot
davrida bekor qilinadi.
2-ilovaga muvofiq, vaqtinchalik farqlarga, misol uchun, yangi
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, ishlab chiqarish, sex, agregatlarni
o‘zlashtirishga oid xarajatlari, mahsulotlarning yangi turlarini tayyorlash
va ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga oid xarajatlar va boshqa xarajatlar
kiritiladi.
Xarajatlarning ushbu ro‘yxatidan ko‘rish mumkinki, bular aynan
kelajakda daromad keltiruvchi xarajatlardir (axir aynan mana shuning
uchun ham yangi ishlab chiqarishlarni o‘zlashtirishga oid sarflar va
shunga o‘xshash xarajatlar qilinadi), demak, buxgalteriya hisobi tamoy-
illariga muvofiq ular korxona balansida aktiv sifatida aks ettirilishi va
keyingi davrlarda biror-bir muntazam asosda hisobdan chiqarib borilishi
kyerak. Bunday xarajatlar 3200-«Kechiktirilgan xarajatlarni hisobga
oluvchi» schotlarda (3210, 3220, 3230) aks ettiriladi. Buxgalteriya hiso-
bida bunday katta xarajatlarni birdaniga hisobdan chiqarish unchalik
o‘rinli emas, — bu narsa hisobot davrining daromadlari va xarajatlarin-
ing muvofiqligi tamoyilini buzish hisoblanadi.
Vaqtinchalik farqlar yuzaga keladigan vaziyatlar g‘oyatda xilma-
xil bo‘lishi mumkin.
Buxgalteriya hisobining xalqaro amaliyotida vaqt bo‘yicha
farqlarning yuzaga kelishiga oid eng ko‘p tarqalgan misollardan biri
bo‘lib, korxona tomonidan Soliq kodeksi tasdiqlanganidan farq qiluvchi
amortizatsiya hisoblash usullarining qo‘llanishi hisoblanadi. Har qanday
holatda ham amortizatsiyalanadigan mol-mulkning barcha qiymati
asosiy vositalarning me’yorlangan xizmat muddati mobaynida xarajat-
larga hisobdan chiqariladi, biroq ushbu muddat ichida turli usullarda
hisoblab yozilgan amortizatsiya summasidagi farqlar ko‘zga tashlanadi.
Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha soliq qonunchiligi va buxgalteriya
qonun hujjatlari bir-biriga muvofiq kelmaydi. Shuning uchun buxgal-


260
teriya hisobida vaqt bo‘yicha farqlarni aks ettirish masalasiga juda ehti-


yotkorlik bilan yondashish lozim, aks holda bu hol soliq qonunchiligin-
ing buzulishiga olib keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 15 ok-
tyabrdagi 444-son qaroriga muvofiq «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi
Nizom»ning 2-ilovasi jadallashtirilgan metod bo‘yicha hisoblangan am-
ortizatsiya summasi va belgilangan me’yorlar bo‘yicha hisoblangan am-
ortizatsiya summasi o‘rtasidagi quyidagi vaqtinchalik farqlar kiritilgan:
a) asosiy vositalar bo‘yicha soliqqa oid qonun hujjatlariga muvofiq;
b) nomoddiy aktivlar bo‘yicha boshlang‘ich qiymat va foydali foy-
dalanish muddatidan kelib chiqqan holda xo‘jalik yurituvchi subyekt to-
monidan hisoblab chiqarilgan me’yorlarga muvofiq.
Uncha katta bo‘lmagan ko‘pchilik korxonalarda buxgalteriya hi-
sobi vaqtinchalik farqlarni aks ettirmasdan yuritish maqsadga muvofiq.
Bunda soliqlarni hisoblash osonlashadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi
qonunining 9-moddasiga muvofiq, xo‘jalik operatsiyalarining buxgal-
teriya hisobi uchun operatsiyalarning amalga oshirilganligi va ularning
o‘tkazilishi uchun farmoyishlar berish faktlarini qayd qiluvchi bosh-
lang‘ich hisob hujjatlar asos hisoblanadi. Boshlang‘ich hisob hujjatlari,
agar ular tegishli shaklda tuzilgan va O‘zbekiston Respublikasining
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunining 9-moddasida majburiy
rekvizitlarga ega bo‘lgandagina haqiqiy hujjat hisoblanadi. Bunday hu-
jjatlar bilan tasdiqlanmagan xarajatlar mahsulot(ish, xizmat)lar tan-
narxiga va daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha soliqqa tortiladigan bazani
kamaytiruvchi xarajatlarga kiritilmaydi.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin