R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Chorva mollarining mahsuldorligi mazmuni qaysi javobda



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə188/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   226
10. Chorva mollarining mahsuldorligi mazmuni qaysi javobda 
to‘g‘ri berilgan? 
A) taqqoslash usuli orqali hisobot davrida yetishtirilgan chorva
mahsulotlari miqdorini bazis davridagi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanib,
uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar va ularning miqdori topiladi
B) chorva mollarining go‘sht mahsuldorligi-bir molning o‘rtacha
tirik vazni va so‘yilgan vaznlari, boquvga quyilgan yosh va katta mol-
larning sutkalik o‘rtacha o‘sishi,
C) sog‘in yo‘nalishidagi sigirlardan sog‘ib olingan jami sut
miqdorini sog‘in sigirlarning o‘rtacha bosh soniga bo‘linadi
D) bir bosh chorva moliga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha mahsulot
chiqishi tushuniladi


350
«QISHLOQ XO‘JALIGIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA 


STATISTIKA ASOSLARI» FANIDAN IZOHLI LUG‘AT 
(GLOSSARIY) 

Aylanma qaydnomalar — buxgalteriya hisobi schotlarining hisob
registrlari ma’lumotlarini umumlashtirish usuli. Aylanma qaydnomalar
schotlarning oy boshiga va oxiriga qolgan qoldig‘i hamda oy bo‘yicha
aylanma ma’lumotlariga asosan oy oxirida tuziladi. Aylanma qayd-
nomalar sintetik va analitik schotlar bo‘yicha tuzilishi mumkin.
Aktiv — ma’lum bir sanaga pul ko‘rsatkichida korxonaning mab-
lag‘lari, ularning tarkibi va joylashishini aks ettiruvchi buxgalteriya
balansining qismi. Buxgalteriya balansi aktivdan tashqari passivga ham
ega. Aktiv va passiv bo‘lim va moddalardan iborat. Balans aktiv to-
monining jami passiv tomonining jamiga teng bo‘lishi kyerak. Aktiv
faol degan ma’noni ham anglatadi.
Aktiv schotlar — korxona mablag‘larini hisobga oladigan bux-
galteriya hisobi schotlari. Ular mavjud mablag‘lar, ularning tarkibi va
joylashishi to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlarni beradi. Aktiv schotlarda mab-
lag‘larning ko‘payishi debetda, kamayishi kreditda aks ettiriladi.
Qoldig‘i faqat debetda bo‘lib, balansning aktivida ko‘rsatiladi. Quyidagi
schotlar aktiv schotlar hisoblanadi: bino, inshootlar, mashinalar, asbob-
uskunalar va boshqa asosiy vositalarni (1000-schotlar) hisobga oladigan
schotlar; pul mablag‘larini hisobga oladigan schotlar; tovar-moddiy qi-
ymatliklarni hisobga oladigan schotlar; xarajatlarni hisobga oladigan
schotlar.
Aksept — ma’lum shart bo‘yicha shartnoma tuzishga rozilik ber-
ish. Naqd pulsiz hisob-kitoblarda aksept mol oluvchining mol yuboru-
vchi schotini to‘lashga roziligidir. Aksept oldindan va keyinchalik
qilinishi mumkin. Oldindan akseptda bankka schot kelib tushgan kundan
keyin mol oluvchi uch ish kuni ichida aksept qilmaslik to‘g‘risida
bankka arz qilmasa, mol yuboruvchining schoti akseptlangan hisobla-
nadi. Basharti mol oluvchi bankdan uzoqda joylashgan bo‘lsa, shuning-
dek yo‘l va aloqa yomon bo‘lsa, bank boshlig‘ining ruxsati bilan aksept
muddati uzaytirilishi mumkin.
Amortizatsiya — obyektning asta-sekin eskirishi va uning qiy-
matini ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki foydalanilishiga qarab
boshqa xarajatlarga o‘tkazish. Boshqa ma’noda amortizatsiya bu: mulk
qiymatining kamayishi; har zamonda to‘lash yo‘li bilan qarzning asta-


351
sekin kamayishi; avtomobil harakati, samolyotlarni qo‘ndirishdagi


silkinishlarni so‘ndirish va h.k.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin