359
masi mazkur oyning ish kuni miqdoriga bo‘linadi va olingan natija
(o‘rtacha kunlik ish haqi) haqiqiy ishlagan kun miqdoriga ko‘paytiriladi.
Davlat va boshqa jamoat ishlarini bajargan kunlari uchun haq
umumiy tartibda to‘lanadi. Vaqtbay ish haqi bo‘yicha
xodimlarning
ishlagan vaqti hisobi tabelda yuritiladi.
Qaydnoma
— dastlabki hujjat yoki hisob registri. Qaydnoma yig‘ma hujjat
bo‘lishi mumkin. Buxgalteriya hisobining barcha shakllarida
qo‘llaniladi. Hujjatlar va hisob registrlarining ro‘yxatida
ularning nomi
ko‘p uchraydi. Muomalalar amalga oshirilgan vaqtda tuzilgan qayd-
nomalar dastlabki hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Yig‘ma qaydnomalar turli
dastlabki hujjatlarga asosan tuziladi. Ularda
dastlabki hujjatlarning
ma’lumotlari umumlashtirilganligi keyinchalik hisob registrlarida aks
ettirishni osonlashtiradi. Hisob registri sifatida qaydnomalar hisobning
jurnal-order shaklida ko‘p qo‘llaniladi. Buxgalteriya hisobida jamg‘arma
qaydnomalar,
taqqoslovchi qaydnomalar, hisoblash-to‘lov qaydnomalari
va b. qo‘llaniladi.
Davr xarajatlari
— butun ishlab chiqarish (korxona)ni
boshqarish va unga xizmat
qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar. Bu xarajatlar sotish xarajatlari,
ma’muriy xarajatlar va boshqa operatsion xarajatlardan iborat. Bu xara-
jatlar 9410 «Sotish xarajatlari», 9420 «Ma’muriy xarajatlar», 9430
«Boshqa operatsion xarajatlar» va 9440 «Kelgusida
soliq solinadigan
bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari» schotlarida jamlab
borilib, qaysi hisobot davrida vujudga kelgan bo‘lsa, shu davrda quyi-
dagi provodkalar bilan hisobdan chiqariladi: D-t 9910 «Yakuniy
moli-
yaviy natija», K-t 9410, 9420, 9430 va 9440.
Dalolatnoma
— buxgalteriya hisobida keng qo‘llaniladigan dastlabki hujjat.
Odatda komissiya yoki amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari uchun
mas'uliyatli shaxslar tomonidan tuziladi.
Dostları ilə paylaş: