R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Deponent — mablag‘lari mazkur korxonada vaqtinchalik saqlashda turgan korxona (tashkilot, muassasa) yoki shaxs. Dividendlar



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə198/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   226
Deponent
— mablag‘lari mazkur korxonada vaqtinchalik saqlashda turgan
korxona (tashkilot, muassasa) yoki shaxs.
Dividendlar
— aksiyalar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan daromad; yuridik
shaxs tomonidan uning muassislari o‘rtasida (ishtirokchilari, a’zolari
o‘rtasida ularning ulushlari, paylari, hissalari bo‘yicha) taqsimlanadigan
sof foydaning bir qismi; yuridik shaxs tugatilganda mol-mulkni taqsim-
lashdan olingan, shuningdek, muassis (ishtirokchi, a’zo) tomonidan yu-
ridik shaxsda ishtirok etish ulushini (payini, hissasini) olgandagi daro-
madlar, bundan muassis (ishtirokchi, a’zo) ustav fondiga (ustav kapi-
taliga) hissa sifatida kiritgan mol-mulkning qiymati chegiriladi.
Asosiy ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish uchun tayinlangan
ishlab chiqarish (ta’mirlash ishlari, yuklarni tashish, suv yetkazib berish,
par ishlab chiqarish, elektr ta’minoti va h.k.). Yordamchi ishlab chiqar-


361
ishning ish va xizmatlari asosan korxonaning o‘zida iste’mol qilinadi va


ayrim hollarda chetga sotiladi. Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga
olish uchun 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» schoti tayinlangan. Bu
schotning debetiga xarajatlar yoziladi.
Jarima
— pul ko‘rinishida undirib olinadigan ma’muriy yoki sud jazosi.
Korxona tomonidan to‘langan jarima unumsiz xarajatlar bo‘lib hisobla-
nadi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 
— daromadi bor shaxslarga davlat tomonidan belgilanadigan ma-
jburiy to‘lov. Ushbu daromad solig‘i davlat budjetining daromadiga tu-
shadi. Bu soliqni to‘lovchilar bo‘lib soliqqa tortilmaydigan minimumdan
ortiqcha daromadi bo‘lgan jismoniy shaxslar hisoblanadi
Jurnal-orderlar
— sintetik va ko‘p hollarda analitik hisobni xronologik tartibda
registratsiya qiladigan hisob registrlari. Ular hisobning jurnal-order
shaklida qo‘llaniladi. Ularga yozuvlar hujjatlarning kelib tushishiga
qarab yoki jamg‘arma qaydnomalardan oy buyicha jami olib yoziladi.
Registratsiya kredit belgisi bo‘yicha, ya’ni mazkur schotning krediti va
korrespondentlanuvchi boshqa schotlarning debeti bo‘yicha olib bori-
ladi. Bunga jurnal-orderning shaxmat shaklidan foydalanish yo‘li bilan
yerishiladi. Bunda xo‘jalik muomalalarining summasi faqat bir marta
yoziladi, lekin debetlanuvchi va kreditlanuvchi schotlar ko‘rsatiladi. Ak-
sariyat jurnal-order blanklarida yozuvlarni qulaylashtirish uchun korre-
spondentlanuvchi schotlar ko‘rsatilgan.
Zararlar
—- korxonaga bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan sabablarga
ko‘ra unga yetkazilgan zarar. Zararlar mahsulot, ish va xizmatlarni
sotish, tabiiy ofatlar, debitorlik qarzlarini hisobdan chiqarish, to‘la am-
ortizatsiyalanmagan asosiy vositalarni hisobdan chiqarish va boshqalar-
dan bo‘lishi mumkin.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin