R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə206/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   226
Pul mablag‘lari
korxona kassasida, bankdagi hisob-kitob schotida, akkreditiv-
larda, hisobdor shaxslarda turgan pul ko‘rinishidagi mablag‘lar.
Korxonalar bo‘sh mablag‘larini bankdagi schotlarda saqlashi kyerak.
Korxona kassasida belgilangan limitdan ortiqcha summa saqlanmasligi
kyerak. Limitdan ortiqcha summa faqat ayrim hollarda, masalan, ish
haqi beriladigan kunlari saqlanishi mumkin. Korxona va tashkilotlarda
pul mablag‘lari tushishi asosiy manbai bo‘lib mahsulot (ish va xiz-
mat)larni sotishdan olingan tushum hisoblanadi. Naqd pul to‘lash faqat
qonun bilan belgilangan hollarda (ish haqi berish, hisobdor shaxslarga
bo‘nak berish, mayda inventar va xo‘jalik jihozlarini sotib olish va b.)
bo‘lishi mumkin. Odatda korxona, tashkilot va muassasalar bilan
hisoblashishlar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi.
Pul cheki
— bankdagi hisob-kitob schotidan tegishli miqdordagi pulni olish
uchun subyektning bankka beradigan buyrug‘ini aks ettiradigan hujjat.
Rezerv
— zarur bo‘lgan hollar uchun biror narsaning zaxirasi.
Sal’do — xo‘jalik mablag‘lari yoki ular manbalarining buxgalte-
riya hisobi schotlari bo‘yicha qoldiq.
Sintetik hisob — pul o‘lchovida umumiy ko‘rsatkichlarni beruvchi
hisob. Bunday ko‘rsatkichlar sintetik schotlarda bo‘lib, ular mavjud
mablag‘lar hamda ularning manbala-ri va harakati (asosiy vositalar, xom
ashyo, Materiallar, yoqilg‘i, ishlab chiqarish xarajatlari, g‘aznadagi va
hisob-kitob schotidagi pul mablag‘lari, ustav kapitali va sh.k.)
to‘g‘risida umumiy tasavvurga ega bo‘lish uchun zarur. Sintetik hisob
ma’lumotlari analitik hisoblarda detallashtiriladi. Sintetik hisob reg-
istrlari bo‘lib bosh daftar, jurnal-orderlar hisoblanadi.
Sintetik schotlar — sintetik hisob yuritiladigan buxgalteriya hi-
sobi schotlari. Sintetik hisob schotlari oddiy va murakkab bo‘lishi mum-
kin. Oddiy schotlarning ko‘rsatkichlari detallashtirilmaydi va ular
bo‘yicha analitik hisob yuritilmaydi. Murakkab schotlarning
ko‘rsatkichlari, zarur bo‘lgan hollarda, analitik hisobda detallashtiriladi.
Sintetik schotlarning ro‘yxati schotlar rejasida keltirilgan. Har bir sin-
tetik schot o‘zining shifri (nomyeri)ga ega. Hozir qo‘llanilayotgan
schotlar rejasida (21-son BHMS) subschotlar yo‘q.
Soliqlar — korxona va ayrim shaxslarning davlat yoki mahalliy
budjetga majburiy to‘lovlari.


370


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin