372
nazorat qilish va boshqarishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuning
uchun hisobni yanada takomillashtirish zarur. O‘zbekiston
Respub-
likasida buxgalteriya hisobi, statistika hisobi va tezkor hisoblarni o‘z
ichiga oluvchi yagona xalq xo‘jaligi hisobi tashkil etilgan.
Hisobdor shaxslar — keyinchalik qilinadigan xarajatlar uchun hi-
sobini berish sharti bilan pul mablag‘ini olgan shaxslar.
Hisoblash-to‘lov qaydnomasi — ishchi va xizmatchilar bilan
hisoblashishni aks ettiradigan yig‘ma hujjat. Bu hujjat belgilangan
shaklda har oyda tuziladi. Unda har bir xodim bo‘yicha quyidagilar
ko‘rsatiladi: tabel nomyeri,
familiyasi, ismi, otasining ismi, oy boshiga
hisoblashishning holati, oy bo‘yicha hisoblangan mehnat haqi,
mehnat
haqi yuzasidan berilgan bo‘nak, ushlangan soliqlar, ijro varaqalari
bo‘yicha ushlanmalar, qo‘liga beriladigan summa. Qaydnoma bo‘yicha
jami summa (mazkur qaydnoma bo‘yicha
hisoblangan ish haqi,
to‘lashga tegishli summa, haqiqiy to‘langan summa va deponentlangan
summa) so‘z bilan va raqamda ko‘rsatiladi. Barcha hujjatlar kabi
hisoblash-to‘lov qaydnomasi ham tegishli ravishda
tekshiriladi va tas-
diqlanadi.
Dostları ilə paylaş: