R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə201/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   226
Ish haqidan ushlanmalar
— ishchi va xizmatchilardan qonun bilan belgilangan soliqlar va
boshqa to‘lovlarni uidirib olish shakli. Ushlab qolinadigan jarima va
yo‘qotgan yoki o‘zlashtirilgan mulklar qiymati ish haqining 25 foizidan
oshmasligi kerak. Ushlab qolinadigan aliment va o‘g‘rilik hamda ka-
momad summasi ish haqining 50 foizidan oshmasligi kyerak. Soliqlar-
dan tashqari biryo‘la ushlab qolinadigan ushlanma.
Ish haqidan hisoblash
— razmyeri ish haqi summasidan foiz hisobida belgilanadigan
korxonaning to‘lovlari. Bunday to‘lovlar bo‘lib ijtimoiy sug‘urtaga
ajratmalar hisoblanadi. Ular ish haqi summasining razmyeriga ta’sir
qilmaydi. Bunday ajratmalar korxona hisobidan bo‘lib, ishlab chiqarish
yoki muomala xarajatlariga o‘tkaziladi. Foiz hisobida asosiy ish haqidan
navbatdagi ta’til haqini to‘lash uchun rezyervga ajratiladi. Bu summalar
qo‘shimcha ish haqi bo‘lib hisoblanadi.
Ish haqining turlari
— nima uchun hisoblanganligiga qarab ishchi va xizmatchilar ish
haqining bo‘linishi. Shu nuqtai nazardan asosiy ish haqi va qo‘shimcha
ish haqi bo‘ladi.

364
Ish haqi fondi


-ma’lum davr vaqt ichida korxona, tarmoq yoki butun xalq
xo‘jaligining ishchi va xizmatchilariga hisoblanadigan ish haqi summa-
sining jami.
Yillik moliyaviy hisobot
— hisobot yilida korxona faoliyatini har tomonlama ta’riflovchi hi-
sobot turi. Yillik moliyaviy hisobot inventarizatsiya va boshqa usullar
bilan tekshirilgan hisob ma’lumotlariga asosan tuziladi. O‘zbekiston Re-
spublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuni (16-modda)
bilan yillik hisobotning quyidagi shakllarini tuzish nazarda tutilgan: I.
Korxona balansi; 2. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot; 3. Asosiy
vositalar harakati to‘g‘risida hisobot; 4. Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot;
5. Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot. Yuqoridagi hisobot shakllariga
izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar ilova qilinadi.
Kalkulyatsiya
— xarajatlarni guruhlash va sotib olingan moddiy qiymatliklarni,
tayyorlangan mahsulot va bajarilgan ishlar tannarxini aniqlash usuli.
Kalkulyatsiya tannarx bo‘yicha reja bajarilishi, uning pasayishi va haqi-
qiy xarajatlarning rejadigidan farqlanishini aniqlash imkoniyatini beradi.
Demak, tannarxni kalkulyatsiya qilish korxonaning har bir
bo‘limida tejamkorlik rejimini amalga oshirish quroli bo‘lib hisoblanadi.
U xarajatlar obyektlari bo‘yicha va kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha
ko‘rsatiladigan hujjat ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
Tuzilgan vaqti va tayinlanishiga qarab Kalkulyatsiya rejali, norma-
tiv va hisobot Kalkulyatsiyasiga bo‘linadi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin