360
larga asosan yig‘ma hujjatlar tuziladi. Buxgalteriya hujjatlari tuzish
tartibi bo‘yicha tasniflanganda hujjatlar dastlabki va yig‘ma
hujjatlarga
bo‘linadi.
Debet
— buxgalteriya hisobi schotining bir qismi. Aktiv schotlarning de-
beti bo‘yicha hisob obyektining ko‘payishi aks ettiriladi,
passiv schot-
larning debeti bo‘yicha esa kamayishi yoziladi. Hisoblashish schotlarida
debet mazkur korxonaning boshqa korxona va shaxslardan oladigan
summasini aks ettiradi (debitorlik qarzlari). Debet qoldiq (saldo)
faqat
aktiv schotlarda bo‘lishi mumkin.
Har bir schot ikki qismdan iborat — debet va kredit.
Debitorlar
— debitorlik qarzi bo‘lgan boshqa korxona, muassasa,
tashkilotlar
va alohida shaxslar.
Debitorlik qarzi
— to‘lovlar bo‘yicha mazkur korxonaning boshqa korxonalar
(muassasa, tashkilot) yoki ayrim shaxslardan oladigan qarzi. Bu korxona
va shaxslar debitorlar deyiladi. Debitorlik qarzi mablag‘lari
korxonaning
xo‘jalik aylanmasida qatnashmaydi, shuning uchun uning moliyaviy
holatiga salbiy ta’sir etadi. Buxgalteriya debitorlik qarzlarini yo‘qotish
choralarini ko‘rishi kyerak. Debitorlik qarzlarini
undirib olish muddati
bo‘ladi. Bu muddat o‘tgach quyidagi provodka bilan zararga o‘tkaziladi:
D-t 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar», K-t debitorlik qarzlarini hi-
sobga oluvchi schotlar.
Dostları ilə paylaş: