R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə197/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   226
Dastlabki hujjatlar
— xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lgan paytda tuziladigan va ular
amalga oshganligining birinchi guvohi bo‘lgan buxgalteriya hujjatlari.
Dastlabki hujjatlar tuzilishi xo‘jalik muomalalari hisob registratsi-
yasining boshlanishi bo‘lib hisoblanadi. Dastlabki hujjatlarga g‘azna
kirim va chiqim orderlari, yukxatlar, qabul qilish-topshirish dalolat-
nomalari, naryadlar, kvitansiyalar va h.k. kiradi. Hisobni soddalashtirish
va hisob registratsiyasini tezlashtirish uchun ko‘pincha dastlabki hujjat-


360
larga asosan yig‘ma hujjatlar tuziladi. Buxgalteriya hujjatlari tuzish


tartibi bo‘yicha tasniflanganda hujjatlar dastlabki va yig‘ma hujjatlarga
bo‘linadi.
Debet 
— buxgalteriya hisobi schotining bir qismi. Aktiv schotlarning de-
beti bo‘yicha hisob obyektining ko‘payishi aks ettiriladi, passiv schot-
larning debeti bo‘yicha esa kamayishi yoziladi. Hisoblashish schotlarida
debet mazkur korxonaning boshqa korxona va shaxslardan oladigan
summasini aks ettiradi (debitorlik qarzlari). Debet qoldiq (saldo) faqat
aktiv schotlarda bo‘lishi mumkin.
Har bir schot ikki qismdan iborat — debet va kredit.
Debitorlar
— debitorlik qarzi bo‘lgan boshqa korxona, muassasa, tashkilotlar
va alohida shaxslar.
Debitorlik qarzi
— to‘lovlar bo‘yicha mazkur korxonaning boshqa korxonalar
(muassasa, tashkilot) yoki ayrim shaxslardan oladigan qarzi. Bu korxona
va shaxslar debitorlar deyiladi. Debitorlik qarzi mablag‘lari korxonaning
xo‘jalik aylanmasida qatnashmaydi, shuning uchun uning moliyaviy
holatiga salbiy ta’sir etadi. Buxgalteriya debitorlik qarzlarini yo‘qotish
choralarini ko‘rishi kyerak. Debitorlik qarzlarini undirib olish muddati
bo‘ladi. Bu muddat o‘tgach quyidagi provodka bilan zararga o‘tkaziladi:
D-t 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar», K-t debitorlik qarzlarini hi-
sobga oluvchi schotlar.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin