R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə194/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   226
Buxgalteriya hisobi
— ayrim subyektlarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik mablag‘lari va
jarayonlarining harakatini ma’lum hujjatlar bilan asoslangan holda
ro‘yxatga olish va pulda baholab umumlashtirilgan tarzda yoppasiga va
bevosita kuzatish tizimi, U subyektning xo‘jalik faoliyatini boshqarish,
xo‘jalik hisobini joriy etishning muhim vositasi hisoblanib, mab-
lag‘lardan to‘g‘ri va unumli foydalanish hamda uning butligini
ta’minlash ustidan dastlabki, joriy va kelgusi nazoratni yuritish imkonini
beradi.
Buxgalteriya hisobi har qanday tizimda ham quyidagi uchta funk-
siyani bajaradi: 1) axborot berish, 2) nazorat qilish, 3) boshqaruv
yechimlarini ishlab chiqish. Bunda buxgalteriya hisobida har xil usullar,
texnika va shakllardan foydalanilishi mumkin. Shuning bilan birga, bux-
galteriya hisobi har xil ijtimoiy tizimlarda muayyan maqsadlarga qarab
har xil vazifalarni bajarishi mumkin.
Hozirgi vaqtda talabalar «Buxgalteriya hisobi» kursini ikkiga
bo‘lib o‘rganmoqdalar: Moliyaviy hisob va boshqaruv hisobi.
Buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari
— buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish,
uzluksizlik; xo‘jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarning pulda ba-
holanishi; aniqlik; hisoblash; oldindan ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik); maz-
munning shakldan ustunligi; ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi;
moliyaviy hisobotning betarafligi; hisobot davri daromadlari va xarajat-
larining muvofiqligi; aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi.

357
Buxgalteriya hisobining ikkiyoqlama tizimi


— ikkiyoqlama yozuvga asoslangan buxgalteriya hisobi tizimi. Hi-
sobning oddiy tizimiga nisbatan ancha mukammallashgan bo‘lib, bux-
galteriya hisobi predmeti to‘g‘ri aks etishini ta’minlaydi. 1996 yil 30 av-
gustda O‘zR Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan «Buxgalteriya hi-
sobi to‘g‘risida»gi Qonunning 6-moddasida buxgalteriya hisobining
asosiy qoidalaridan birinchisi etib «buxgalteriya hisobini ikkiyoqlama
yozuv usulida yuritish» belgilangan. Demak, buxgalteriya hisobining ik-
kiyoqlama yozuv tizimi barcha korxona, muassasa va tashkilotlarda
qo‘llanilishi kerak.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin