O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA'LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
«BUJDET HISOBI VA G’AZNACHILIK» KAFEDRASI
«BYUDJET HISOBI» fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobini tashkil etish
Bajardi:Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti XBAS-62 guruh talabasi
Sobirova Fotima
Tekshirdi:
TOSHKENT-2020
Kurs ishi taqrizga
topshirilgan sana
«____» _______2020 y.
Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan
sana
«____» _______2020 y.
Kurs ishi himoya qilingan
sana
«____» _______2020 y.
Baho«_____» _________
___________
(imzo)
___________
(imzo)
___________
(imzo)
Komissiya a'zolari:
__________________
__________________
__________________
Reja:
Kirish
1.Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobining vazifalari va asosiy qoidalari
2.Asosiy vositalar hisoning asosiy tamoyillari
3.Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobining muammolari va ularni bartaraf
qilish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Byudjet islohotlarining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda moliyaviy
strategiyani shakllantirish dastlabki o‘rin turadi. U davlat moliya tizimining
istiqbolli maqsadlarini, uning joriy byudjet ehtiyojlari bilan, tashqi va ichki qarzlar
miqdori, davlatning to‘lov qobiliyati bilan markaziy va mahalliy hokimiyatning
barcha bo‘g‘inlarini
javobgarlik darajasi, mahalliy byudjet vakolatlarini ular
ixtiyoridagi mavjud resurslar, daromadlar va imkoniyatlar bilan bog‘laydi.
Mamlakatimizda aniq maqsadga yo‘naltirilgan kuchli ijtimoiy siyosat amalga
oshirilganligi natijasida jamiyatda muayyan barqarorlik ta’minlanadi, mahalliy
byudjetlarda aholi daromadlari va ijtimoiy xizmat bilan ta’minlanganlik darajasida
tafovutlar keskin oshib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Mahalliy
byudjet xarajatlari
bilan ekologik jihatdan og‘ir sharoit yuzaga kelgan hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy
vaziyat keskinlashuvining oldi olinadi. “Inqiroz avjga chiqqan davrda davlatlarning
iqtisodiyotga keng miqyosda aralashuvi birinchi navbatda bank-moliya tizimi
likvidligini qo‘llab quvvatlashga, iqtisodiyotning real
sektori tarmoqlariga, ishlab
chiqarishga, kichik biznes va tadbirkorlik sohalariga kam e’tibor berilgani
vaziyatga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin”. Bunday sharoitda mahalliy byudjetlar
o‘rtasida byudjet munosabatlarini boshqarish va byudjetlararo munosabatlarni
takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal qilish dolzarb hisoblanadi.
“...Global jahon iqtisodiyotida hali-beri saqlanib qolayotgan jiddiy muammolarga
qaramasdan, 2012 yilda O‘zbekiston o‘z iqtisodiyotini
barqaror mamlakatimizni
modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish-davr talabi. O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2008 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari va 2009 yilda iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirishning eng muxim
ustuvor yo`nalishlariga bagishlangan Vazirlar Maxkamasi majlisidagi ma’ruzasida
Byudjet jarayonlarida mahalliy byudjetlarning ishtiroki, mahalliy boshqaruv
organlari faoliyati, moliya
va byudjet siyosati masalalari, hududiy iqtisodiyot
taraqqiyoti hamda mahalliy byudjetlar xarajatlarini moliyalashtirishni hal etish
dolzarb masalalaridir. Mahalliy byudjetlarning daromadlar va xarajatlar tarkibi
ma’lum o‘zgarishlarga duch keldi. Byudjet xarajatlarini minimal xarajatlar bilan
maksimal
samaraga erishish, tasdiqlangan byudjet rejalari asosida mablag‘larni
ishlatishning maqsadli xususiyati, byudjet mablag‘larini miqdori va mahalliy
byudjetdan berilgan ajratmalardan foydalanishni hisobga olib borish kabi
tamoyillar asosida moliyalashtiriladi. O‘zbekistonda byudjet tizimini samarali
boshqarish, g‘aznachilikda turli darajadagi mahalliy
byudjet daromadlari va
xarajatlarini muvofiqlashtirish hozirgi sharoitda respublika va uning hududlarini
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va
yangilash sharoitida asosiy e’tiborni byudjet jarayonlarini boshqarishni
rivojlantirish, mahalliy byudjetlar xarajatlarini rejalashtirishni yaxshilash,
xorijiy
tajribalar asosida respublikamizda byudjet tizimini boshqarishning yangi
uslubiyotini byudjet amaliyotiga kiritish kabi muhim vazifalar aniqlangan. Hozirgi
sharoitda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining moliyaviy faoliyati,
byudjet jarayoni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal qilishga
yo‘naltirilgan ilmiy ishlar dolzarb hisoblanadi. Shu maqsadda bitiruv malakaviy
ishimizga “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida
mahalliy byudjetlarni
samarali boshqarish masalalari” mavzusi tanlandi. Tadqiqot ishining maqsadi va
vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi-O‘zbekiston Respublikasida
mahalliy byudjetlarni samarali boshqarishni takomillashtirish yuzasidan xulosa va
takliflar berishdan iborat.