R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə193/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   226
Buxgalteriya balansi
— xo‘jalik mablag‘lari, ularning tarkibi, joylashgan joylari va
ularning vujudga kelish manbalarini ma’lum bir sanaga pulda ifodalab
turadigan jadval. Balans ikki tomonlama jadval bo‘lib uning chap to-
moni aktiv, o‘ng tomoni passiv deb nomlanadi. Balansning aktivida
xo‘jalik mablag‘lari, joylashgan joylari va tarkibi ko‘rsatilsa, passivida
ushbu xo‘jalik mablag‘larining manbai aks ettiriladi. Aktiv va pas-
sivning har bir unsuri (elementi), mablag‘lar turi yoki ularning manbai
balans moddasi deb ataladi. Uning aktivida ham, passivida ham balans
moddalari ikki bo‘limga bo‘lib ko‘rsatiladi.
Aktivda: I bo‘lim. Uzoq muddatli aktivlar. II bo‘lim Joriy aktivlar.
Passivda: I bo‘lim. O‘z mablag‘larining manbalari. II bo‘lim. Ma-
jburiyatlar. Balansning aktiv tomonining jami uning passiv tomoni
jamiga teng bo‘lishi kyerak
Buxgalteriya provodkasi
— schotlar aloqasi (korrespondensiyasi)ni rasmiylashtirish. Bunda
debetlanuvchi va kreditlanuvchi schotlar hamda yozib quyiladigan
xo‘jalik muomalasining summasi ko‘rsatiladi. Buxgalteriya provodkalari
oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy provodkada xo‘jalik muomalalarining


356
mazmuniga qarab bir schot debetlanib, ikkinchi schot kreditlanadi. Mu-


rakkab provodkalarda xo‘jalik muomalalarining mazmuniga qarab bir
schot debetlanib, bir necha schot kreditlanadi yoki, aksincha, umumiy
summaga bir necha schotlar debetlanib, bir schot kreditlanadi. Har qan-
day provodkada ham bir schotning debetiga yozilgan summa ikkinchi
schotning kreditiga yozilgan summaga teng bo‘lishi kyerak. Bu qoida
murakkab provodkalarga ham tegishli. Bir schotning debetiga yozilgan
summa bir necha schotlarning kreditiga yozilgan summalarning jamiga
teng bo‘lishi kerak va, aksincha, bir necha schotlarning debetiga yozil-
gan summalarning jami bir schotning kreditiga yozilgan summaga teng
bo‘lishi kerak.
Buxgalteriya provodkasida ikkiyoqlama yozuv o‘z aksini topadi.
Qo‘shimcha va manfiy (storno) buxgalteriya provodkalari bo‘lishi
mumkin.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin