R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə189/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   226
Amortizatsiya ajratmalari — belgilangan normalar bo‘yicha
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga hisoblanadigan amortizatsiya.
Analitik schotlar 
— analitik hisob yurituvchi buxgalteriya hisobi schotlari. Ular
ma’lum sintetik schotning ko‘rsatkichlarini detallashtirish uchun ochi-
ladi. Analitik schotlar faqat murakkab sintetik schotlarga ochiladi. Ma-
salan, 1010 «Xom ashyo va materiallar» schotida xom-ashyo va Materi-
allarning turlari bo‘yicha ularning soni va summasi ko‘rsatilib, bir
nechta analitik schotlar ochiladi.
Asosiy vositalar
— ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan
mehnat vositalari (bino, inshoot, mashina, inventar va h.k)
Asosiy vositalarning hisobi 5-son BHMS «Asosiy vositalar» bilan
tartibga solinadi.
Asosiy vositalar amortizatsiyasining normasi 
— yillik amortizatsiya summasining asosiy vositalar dastlabki qi-
ymatiga foiz nisbati. 2008 yilning 1 yanvaridan e’tiboran kuchga kirgan
Soliq kodeksining 144-moddasida soliq solish maqsadida amortizatsiya
qilinishi kerak bo‘lgan mol-mulk amortizatsiyasining eng yuqori nor-
malari asosiy vositalarning guruhlari bo‘yicha berilgan.
Asosiy vositalarning balans qiymati
— buxgalteriya balansida aks ettiriladigan asosiy vositalar (fond-
lar)ning qiymati. Asosiy vosytalarning balans qiymati — bu fondlarni
qaytadan baholash ma’lumotlari bo‘yicha ularning qiymati yoki qayta-
dan baholanmagan obyektlarning dastlabki qiymati.
Asosiy vositalarning eskirishi
— ishlab chiqarish jarayonida eskirishi (jismoniy eskirishi) yoki
mehnat unumdorligi o‘sgan sharoitlarda mashinalarning texnik eskirishi
va ularni ishlab chiqarish qiymatining pasayishi (ma’naviy eskirishi)
natijasida asosiy vositalar dastlabki qiymatining kamayishi. Buxgal-
teriya hisobida har oyda amortizatsiya hisoblash bilan bir vaqtda asosiy
vositalarning eskirishi ham aks ettiriladi. Asosiy vositalarning eskirishini
hisobga olish uchun 0200 «Asosiy vositalarning eskirishini hisobga olu-
vchi schotlar» tayinlangan. Har oyda hisoblangan eskirish summasiga
asosiy vosita obyektlari qaysi sohada xizmat qilayotgan bo‘lsa, shu soha
xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar debetlanib, 0200-schotlar kreditla-
nadi. Korxona mulki bo‘lgan asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga


352
berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, uzoq muddatli ijaraga ber-


ish, kamomad yoki buzilishi natijasida hisobdan chiqarishda ularga
hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini
hisobga oluvchi schotlarning (0200) debetidan 9210 «Asosiy vosita-
larning chiqib ketishi» schotining kreditiga hisobdan chiqariladi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin