354
berish, muddatlilik, to‘lovga qobillik va ta’minlanganlik prinsiplariga
qat’iy amal qilib beradi. Bank kreditlarini olish bilan bog‘liq bo‘lgan
muomalalar hisobi 6810 «Qisqa muddatli bank kreditlari» va 7810
«Uzoq muddatli bank kreditlari» schotlarida aks ettiriladi.
Baho
— tovar qiymatining puldagi ifodasi. Baho asosida tovarning qiy-
mati, ya’ni uni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy xarajatlar
yotadi. Lekin bu alohida olingan tovarning
bahosi albatta uning qiy-
matiga teng bo‘lishi kyerak degan ma’noni bildirmaydi. Baho qiymatdan
farqlanishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho mazkur tovarga
bo‘lgan talab va taklifga bog‘liq. Bahoning qiymat atrofida tebranib tur-
ishi qiymat qonunining bir ko‘rinishi bo‘lib hisoblanadi. Narxlarning da-
rajasi normal ishlayotgan har bir korxonaning
ishlab chiqarish yoki
muomala xarajatlarini qoplashini va sof foyda olishini ta’minlashi
kyerak. Ishlab chiqarish hajmi, foyda va samaradorlik hozirgi vaqtda
korxona faoliyatini ta’riflaydigan asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib
hisoblanadi.
Bosh jurnal
— buxgalteriya hisobining eskirgan shakli. U hisobning memorial-
order shaklidagi varianti bo‘lib hisoblanadi. «Bosh daftar» deb nomlan-
gan yagona hisob registrida bosh daftar va
registratsiya jurnal bir-
lashtirilgan.
Dostları ilə paylaş: