R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə199/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   226
Ijtimoiy sug‘urtaga ajratma
korxona, muassasa va tashkilotlarning ijtimoiy sug‘urta budjetiga
to‘lovlari. Bu to‘lanmalarning miqdori hisoblangan ish haqidan xalq
xo‘jaligining barcha tarmoqlari bo‘yicha belgilangan yagona foizda
aniqlanadi.
Ikkiyoqlama yozuv
— xo‘jalik muomalalarini buxgalteriya hisobi schotlarida registrat-
siya qilish usuli. Bu usul shundan iboratki, har bir xo‘jalik muomalasi


362
ikkita schotga yoziladi — bir schotning debeti va ikkinchi schotning


kreditiga.
Imtiyoz
— ma’lum majburiyatlarni bajarishdan qisman ozod etish. Maslan,
imtiyozlar soliqlar bo‘yicha belgilanishi mumkin. Chunonchi, jismoniy
shaxslarning donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek, qon yiqqanlik
uchun tibbiyot muassasalari xodimlari oladigan summalarga daromad
solig‘i solinmaydi. Yangi tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklari davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan e’tiboran ikki yil ichida yer solig‘i
to‘lashdan ozod qilinadi.
Inventarizatsiya
— natura shaklidagi mavjud mablag‘lar haqiqiysining buxgalteriya
hisobi ma’lumotlariga to‘g‘ri kelishini, majburiyatlar hisobda to‘g‘ri aks
ettirilishini tekshirish usuli. U buxgalteriya hisobi ko‘rsatkichlari is-
honchliligini va korxona mulki butligini ta’minlaydi.
Inventar kartochkalar
— asosiy vositalarni obyektlar bo‘yicha hisobga olish uchun tay-
inlangan namunali shakldagi hisob registrlari. Inventar kartochkalar
asosiy vositalar xo‘jalikka tushgan vaqtda har bir obyektga to‘ldiriladi.
Bir xildagi obyektlar guruhiga bitta inventar kartochka ochishga ruxsat
etiladi. Kartochkada inventar obyekti to‘g‘risidagi barcha zaruriy
ma’lumotlar ko‘rsatiladi: uning nomi, inventar nomeri, amortizatsiya
normasi, rekonstruksiya, modernizatsiya, kapital ta’mirlash, xo‘jalik
ichidagi bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishlar va obyektning
tugatilishi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin