365
Kassa orderlari — kassaga qabul qilinayotgan pullarning qonuni-
yligi va ular maqsadli tayinlanishi bo‘yicha sarflanishini tasdiqlovchi
hujjatlar.
Kassir hisoboti — buxgalteriyaga korxona (muassasa, tashkilot)
ning kassiri tomonidan topshiriladigan hisobot. U kassa daftarining yir-
tib olinadigan varag‘i bo‘lib, unga kirim, chiqim kassa
orderlari ilova
qilinadi. Kassir hisobotni buxgalteriyaga har kuni yoki belgilangan
muddatlarda topshiradi. Buxgaltyer hisobotni tekshirib, u qabul qilin-
ganligi to‘g‘risida kassa daftariga imzo qo‘yadi. Kassa muomalalari
buxgalteriya hisobi uchun kassaing hisoboti asos bo‘lib hisoblanadi.
Korxona va muassasalarning banklardagi schotlaridan
ko‘chirma
— bank muassasalari tomonidan korxonalarga beriladigan va
ularning hisob-kitob, joriy va ssuda schotlaridagi pul mablag‘lari hara-
katini aks ettiradigan hujjatlar. Ko‘chirmalarda korxona schoti bo‘yicha
bankdagi yozuvlar kopiyasidagi sana,
hujjatlar nomyerlari, schotning
debeti va krediti bo‘yicha yozuvlar summasi, shuningdek mablag‘lar
qoldig‘i yoki ssudalar bo‘yicha qarz ko‘rsatiladi. Isbotlovchi hujjatlar
(schotlar, to‘lov topshiriqnomalari va b.) ilova qilingan holda
ko‘chirmalar korxonaga har kuni yoki boshqa
belgilangan muddatlarda
beriladi. Olingan hujjatlar buxgalteriya tomonidan tekshiriladi va «Hi-
sob-kitob schoti»ga, «Bankdagi maxsus schotlardagi pul mablag‘larini
hisobga oluvchi schotlar»ga, qisqa va uzoq muddatli kreditlar va
qarzlarni hisobga oluvchi schotlarga yozish uchun asos bo‘ladi.
Ko‘chirmalardagi yozuvlarning to‘g‘riligi tekshirilgandan so‘ng korre-
spondentlanuvchi schotlar aniqlanadi. Bunda shuni e’tiborga olish
kyerakki, bankning ko‘chirmalaridagi debet va kreditning ma’nosi
korxonadagi schotlarning debet va kreditiga teskari.
Kredit
— buxgalteriya hisobi schotining bir qismi. Aktiv schotlarning
krediti bo‘yicha kamayishi passiv schotlarning
krediti hisob obyektini
ko‘payishini ko‘rsatadi. Kredit qoldiq faqat passiv schotlarda bo‘lishi
mumkin.
Kreditorlar
— mazkur korxonaning boshqa korxona (tashkilot, muassasa)lar va
ayrim shaxslar oldidagi ma’lum qarzi. Bu korxonalarga to‘lanadigan
qarz kreditorlik qarzi deyiladi. Kreditorlar bilan olib boriladigan
hisoblashishlar majburiyatlarni hisobga oladigan schotlarda yuritiladi.
Kreditorlarning analitik hisobi har bir kreditor bo‘yicha yuritiladi.