R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə204/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   226
Moddiy javobgar shaxs
— ma’lum moddiy qiymatliklar yoki pul mablag‘larining butligiga
mas'ul shaxslar. Moddiy javobgar shaxs bo‘lib omborchilar, g‘aznachilar
va mas'ul saqlashga moddiy qiymatliklar va pul mablag‘larini qabul qil-
gan boshqa xodimlar hisoblanadi.
Mol yuboruvchi
— mol oluvchilarga o‘z mahsulotini yuklab jo‘natadigan korxona.
Mol yuboruvchi bilan mol oluvchining o‘zaro munosabati shartnoma
bilan tartibga solinadi va ular orasidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz
tartibda amalga oshiriladi. Mol oluvchilar mol yuboruvchilar bilan hi-
sob-kitobni 6010 «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga
to‘lanadigan schotlar» schotida hisobga oladi. Mol yuboruvchilardan
olingan moddiy qiymatliklar summasi moddiy qiymatliklarni hisobga
oladigan schotlarning debeti va 6010-schotning kreditiga yoziladi. Mol
yuboruvchilarga o‘tkazib berilgan summaga 6010-schot debetlanib, pul
mablag‘larini hisobga oladigan schotlar kreditlanadi.
Murakkab buxgalteriya provodkasi
— bir schot debetlanib, bir necha schotlar kreditlanadigan yoki bir
necha schotlar debetlanib, bir schot kreditlanadigan buxgalteriya pro-
vodkasi. Murakkab buxgalteriya provodkasida schotlarning debetiga va
kreditiga yozilgan summalar o‘zaro teng bo‘lishi kerak. Murakkab
buxgalteriya provodkasi mohiyatan bir necha oddiy provodkalarning
birlashmasi hisoblanadi. Bunda hisob yozuvlari ancha qisqaradi.
Nakladnoy (yukxat)
—tovar-moddiy qiymatliklarni hisobga olish bo‘yicha biryo‘la
tuziladigan dastlabki hujjat. Nakladnoylar barcha korxona, muassasa va
tashkilotlarda qo‘llaniladi hamda moddiy qiymatliklarni qabul qilish
yoki jo‘natishda isbotlovchi hujjat bo‘lib hisoblanadi.
Nomoddiy aktivlar
— moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan, xo‘jalik yurituvchi
subyekt tomonidan xo‘jalik faoliyatida foydalanish yoki boshqarish
uchun foydalanish maqsadida nazorat qilinadigan, shuningdek, uzoq
vaqt (bir yildan ko‘p) ishlatish uchun mo‘ljallangan mol-mulk
obyektlari. Nomoddiy aktivlar hisobi 7-son BHMS «Nomoddiy aktivlar»
asosida tartibga solinadi. Xo‘jalik mablag‘larining bu guruhiga
quyidagilar kiradi: tabiiy resurslardan, yerdan foydalanish huquqi,
ixtirolar, patentlar, litsenziyalar, savdo markalari, tovar belgilari, sotib


368
olingan dasturiy mahsulotlar qiymati, brokerlik o‘rinlari yoki brokerlik


o‘rinlaridan foydalanish huquqdari, firmani ro‘yxatdan o‘tkazgunga
qadar ta’sis hujjatlarini tayyorlash va reklama xarajatlari va boshqa
intellektual (aqliy) mulk, jumladan «bilaman qanday» deb tarjima
qilinadigan nou-xau.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin