Kreditorlik qarzi — mazkur korxonaning boshqa korxonalar (muassasa, tashkilotlar)
va ayrim shaxslardan qarzi. Bu korxona va shaxslar kreditor hisoblanadi.
Kreditorlik qarzlarining vujudga kelishi mol oluvchi va mol yuboru-
vchilar orasida amal qilayotgan hisoblashish qonunlarining (mol yub-
oruvchilarning schotlariga haq ulardan Materiallar olingandan so‘ng
to‘lanadi, hisoblash usuli) natijasidir yoki korxonalar tomonidan to‘lov
majburiyatlarining o‘z vaqtida (turli sabablarga ko‘ra) bajarilmaganligi
natijasidir.
Memorial-order — buxgalteriya provodkasi aks ettiriladigan hujjat. Unda orderning
nomyeri, oy, yil, yozuvning mazmuni, summa, debetlanuvchi va kredit-
lanuvchi schotlarning nomi (schotlar korrespondensiyasi) ko‘rsatiladi.
Memorial-orderlar maxsus blanklarda tuziladi va bosh (katta) buxgalter
yoki uning yordamchisi tomonidan imzolanadi. Unga isbotlovchi hu-
jjatlar ilova qilinadi. Har bir memorial-orderga tartib nomyeri quyiladi.
Har oyda tuziladigan memorial-orderlar soni yo‘riqnoma bilan belgi-
lanmaydi. Bu masalani bosh buxgalter hal qiladi. Lekin bir xil
muomalalar bo‘yicha tuzilgan memorial-orderlar barcha oylarda ham bir
xil nomerga ega bo‘lishi kerak. Masalan, g‘azna muomalalarini aks
ettiruvchi memorial-order nomeri barcha oylarda bir bo‘lishi kerak,
hisob-kitob (joriy) schot muomalalarini aks ettiruvchi memorial-order-
larning nomeri ikki bo‘lishi kerak va h.k. Bu kerakli hujjatlarni qidirib
topish va turli ma’lumotlarni olishni osonlashtiradi. Hisobning me-
morial-order shaklida memorial-orderlar ro‘yxatga olish jurnalida regis-
tratsiya qilinadi va ularga ilova qilingan hujjatlar bilan birga schotlar
bo‘yicha bosh daftarga yozish uchun asos bo‘ladi.
Mehnat haqi — mehnat shartnomalariga yoki ishlar bajarish va xizmatlar
ko‘rsatish predmeti bo‘lgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga
muvofiq jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va to‘lanadigan barcha
to‘lovlar mehnat haqi deb e’tirof etiladi. Mehnat haqiga rag‘batlantirish
xususiyatiga ega bo‘lgan to‘lovlar, kom-pensatsiya to‘lovlari va ishlan-
magan vaqt uchun haq to‘lashlar ham kiradi.
Milliy valyuta — mamlakatning pul birligi. Milliy valyuta tizimi milliy valyutaga
asoslanadi. Milliy valyuta naqd pul (banknot va tangalar) shaklida va
naqd pulsiz (bank schotlaridagi qoldiq) shaklida bo‘ladi. Naqs pul shak-
367
lidagi valuta 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» schotida hisobga
olinadi. Milliy valyutaning emitenti bo‘lib Markaziy bank hisoblanadi.