R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə200/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   226
Ishbay ish haqi
— xodimning ish haqi bajarilgan ishning hajmiga bog‘liq bo‘lgan
ish haqi tizimi. Ishbay ish haqi quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
to‘g‘ri ishbay (ish birligining rassenkasi mahsulot ishlab chiqarish nor-
masi bajarilishiga qarab o‘zgarmaydi); progressiv ishbay (normadan or-
tiq bajarilgan ishga oshirilgan rassenka bo‘yicha haq to‘lanadi); mukofot
ishbay (ishbay rassenka bo‘yicha ish haqining ustiga ishda yerishilgan
natijalar uchun mukofotlar to‘lanadi); egri ishbay (mazkur xodimning
ish natijasi bo‘yicha to‘lov emas, balki uning rahbarligidagi ishbay ish-
chilar yoki uchastka (sex)ning pirovard ish natijalari bo‘yicha haq
to‘lash). Ishbay ish haqi yakka va guruhli (brigadali) bo‘lishi mumkin.
Oxirgisida bajarilgan ishlar bo‘yicha haq brigada a’zolari o‘rtasida
xodimlarning razradlari va ularning ishlagan vaqti miqdoriga mutanosib
taqsimlanadi.


363
Ishlab chiqarish zaxiralari


— korxonadagi barcha Materiallar majmuasi. Ishlab chiqarish
zaxiralari 1000 «Materiallarni hisobga oluvchi schotlar» va boshqa
schotlarda hisobga olinadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari
—korxonaning mahsulot ishlab chiqarish uchun qilgan xarajatlari
(xom ashyo, Materiallar, yoqilg‘i, elektr enyergiya; ishchi va xiz-
matchilarning ish haqi; asosiy vosita va nomoddiy aktivlarning amorti-
zatsiyasi va h.k.).
Ishonchnoma
— ma’lum shaxs tomonidan tovar-moddiy qiymatliklar, pul mab-
lag‘lari, hujjatlar, shuningdek ma’lum harakatlarni amalga oshirish hu-
quqini beruvchi hujjat. Namunali shakldagi blankda rasmiylashtiriladi.
Uning zaruriy rekvizitlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: korxonaning
nomi; hisob-kitob schotining nomyeri va u qaysi bankda ekanligi; is-
honchnomaning harakat muddati; tovar-moddiy qiymatliklarni olishni
kim-kimga ishongani; tovar-moddiy qiymatliklarning nomi va miqdori;
ishonchnoma oluvchi shaxsning imzosi namunasi; muhr bilan tasdiqlan-
gan korxona rahbari va bosh buxgalterining imzolari.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin