371
fondi hisobini 8330-«Ustav kapitalini hisobga oluvchi» schotlarda yuri-
tadi.
Favqulodda foyda (zarar) — ko‘zda tutilmagan, tasodifiy tusga
ega bo‘lgan hodisa yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning odatdagi
faoliyati doirasidan chetga chiqadigan tusdagi operatsiyalar natijasida
paydo bo‘ladigan va kutilmagan moliyaviy natija.
Foizlar — har qanday turdagi qarz talablaridan olingan daromad,
shu jumladan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar, shuningdek,
depozit quyilmalar va boshqa qarz majburiyatlaridan olingan daromad.
Foyda — xo‘jalik yurituvchi subyektning mahsulot (ish, xizmat)lar
sotishdan tushgan sof tushum bilan sotilgan mahsulot (ish, xiz-
mat)larning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi farq.
Xizmat safari xarajatlari — tasdiqlovchi hujjatlar asosida xizmat
safarlari joyiga borish va qaytib kelish uchun haqiqatda qilingan xara-
jatlar, shu jumladan, joyni band qilib quyish haqi.
Shartnoma — ikki yoki bir necha tomonlar (jismoniy va yuridik
shaxslar)ning ma’lum o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish, o‘zgartirish yoki
tugatishga yo‘naltirilgan kelishuv. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida
korxonalar o‘zaro turli shartnomalar (mol jo‘natish, mol olish, pudrat va
h.k.)ni tuzadilar va ular albatta bajarilishi kerak. Shartnoma
majburiyatlarini bajarmaganlik uchun tomonlar qonun bilan belgilaigan
javobgarlikka tortiladi. Korxonalarda shartnomalarning bajarilishi tezkor
hisobini yuritish kerak.
talab qiladigan qandaydir masalaning o‘rganilishi (sud-buxgal-
teriya ekspertizasiga qarang).
Dostları ilə paylaş: