R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Sof foyda — soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin yuridik shaxs ixtiyorida qoladigan foyda. Schot-faktura



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə207/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   226

Sof foyda — soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan


keyin yuridik shaxs ixtiyorida qoladigan foyda.
Schot-faktura — qat’iy hisobot hujjati bo‘lib, mol yuboruvchi to-
monidan har bir jo‘natilgan yoki sotilgan mahsulot, shuningdek bajaril-
gan ish va xizmatlar uchun yoziladi.
Tayyor mahsulot — korxonada ishlab chiqarishi tugallangan, bel-
gilangan standartlarga yoki texnik shartlarga to‘g‘ri keladigan mahsulot.
Tannarx — mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar
ko‘rsatishda foydalaniladigan moddiy resurslarning, asosiy fondlarning,
mehnat resurslarining, shuningdek, tovarlar ishlab chiqarish, ishlar ba-
jarish, xizmatlar ko‘rsatish jarayonini amalga oshirish uchun zarur
bo‘lgan boshqa turdagi xarajatlarning qiymat bahosi.
Tovar mahsuloti — hisobot davrida ishlab chiqarilgan va sotish
uchun tayinlangan yoki shu davr ichida haqiqatda sotilgan mahsulot.
Tovar mahsuloti yalpi mahsulotning tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi.
To‘lov qaydnomasi — ish haq to‘lash bo‘yicha buxgalteriyada
tuziladigan hujjat. Hisoblash-to‘lov qaydnomasidan shu bilan farqla-
nadiki, oy boshiga bo‘lgan hisoblashish holati, nimalar uchun hisoblan-
gani va ish haqidan ushlanmalar ko‘rsatilmaydi. To‘lov qaydnomasida
faqat familiyasi, ismi, otasining ismi, uning tabel nomeri va qaydnoma
bo‘yicha tartib nomyeri, olinadigan summasi va olgani to‘g‘risida
imzosi ko‘rsatiladi. To‘lov qaydnomasining birinchi betiga qaydnoma
bo‘yicha beriladigan umumiy summa va korxona rahbarining hamda
bosh (katta) buxgalterining imzolari va muhr quyiladi.
To‘lov talabnomasi — mablag‘ oluvchining to‘lovchi tomonidan
bank orqali ma’lum bir summani to‘lash to‘g‘risida talabi aks ettirilgan
pul-hisob-kitob hujjati.
To‘lov topshiriqnomasi — mijozning unga xizmat qiluvchi
bankka o‘z schotidan oluvchining schotiga ma’lum bir summani
o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘i.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin