R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə195/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   226
Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari
— foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq moliyaviy va
boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlash, vazifalari: buxgalteriya
hisobi schotlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar va
majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni
shakllantirish; samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi
ma’lumotlarini umumlashtirish, moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hi-
sobotlarni tuzish.
Buxgalteriya hisobining predmeti
— takror ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va
muassasalarning samarali boshqarilishida mablag‘lar holati hamda ular-
dan unumli foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish. Turli mulk-
chilik shakllariga asoslangan, rivojlangan bozor iqtisodiyotidagi jami-
yatda individual kapital yoki mulk egasining kapitali buxgalteriya hiso-
bining predmeti hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining schotlar rejasi
— buxgalteriya hisobi schotlarining tizimiga keltirilgan ro‘yxati
2004 yil 1 yanvardan e’tiboran 21-son BHMS «Xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schotlar
rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha io‘riqnoma» bo‘yicha yangi schotlar re-
jasi qo‘llanila boshladi. Schotlar rejasi moliyaviy hisobot elementlari:
aktivlar, majburiyatlar, kapital, daromadlar va xarajatlarga muvofiq, gu-
ruhlangan schotlar yig‘indisini aks ettiradi.
Schotlar rejasi buxgalteriya hisobini tashkil etishning asosi bo‘lib
hisoblanadi. U 6 ta qism va 9 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, tayinlanishi,
tuzilishi va iqtisodiy mazmuni bo‘yicha bir xil bo‘lgan schotlarni o‘z
ichiga oladi. Har bir schotning nomidan tashqari nomeri (shifr) ham bor.


358
Buxgalteriya hisobi subyektlari


—davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zRda ro‘yxatga
olingan yuridik shaxslar, ularning O‘zR hududida hamda undan tash-
qarida joylashgan sho‘ba korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va
boshqa tarkibiy bo‘linmalari.
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda
buxgalteriya hisobini yuritadi va buxgalteriya (moliya) hisobotini
taqdim etadi.
Bo‘nak
— kelajaqdagi xarajatlar va to‘lovlar hisobidan berilgan pul mab-
lag‘lari. Bo‘nak O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan
tasdiqlangan kassa muomalalarini yuritish qoidalariga asosan qat’iy bel-
gilangan maqsad uchun beriladi. Xizmat safarlari uchun naqd pul safar
joyiga borish va qaytib kelish qiymatini to‘lash, sutkalik xarajatlar va
turar joyni ijaraga olish xarajatlari miqdorida beriladi.
Valyuta
— mazkur mamlakatning pul tizimi va pul birligi (so‘m, rubl, dol-
lar, evro va h.k.), xorijiy kredit biletlari va tangalar ham valyuta
deyiladi.
Valyuta kursi
— turli mamlakatlar pul birliklarining o‘zaro munosabati, ya’ni bir
mamlakat pul birligi bahosining boshqa mamlakat pul birligidagi (yoki
xalqaro pul birligidagi) ifodasi valyuta kursi deyiladi Xalqaro iqtisodiy
operatsiyalar milliy valyutalarning ayirboshlanishi bilan bog‘liq. Bu
ayirboshlash valyutalar kursini belgilashni taqozo etadi. Valyuta kursi
pul birliklarini ayirboshlash nisbatini belgilaydi.
Valyuta kurslari talab va taklif mexanizmi orqali valyuta bozorida
valyutalarning kundalik oborotini solishtirish jarayonida vujudga keladi.
Pul birligining bahosi pulning xarid qobiliyati asosida shakllanadi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin