355
Bu terminlar Rossiyada 1732 yildan qo‘llana boshladi. 1732 yil 11
sentabrda Kommers-Kollegiyaning buyrug‘i
bilan Petyerburg boj
xonasiga birinchi buxgalter etib gollandiyalik savdogar Timmyerman
tayinlangan. Hozirgi vaqtda buxgalter ma’lum huquq, burch va
majburiyatlarga ega bo‘lgan xizmatchi hisoblanadi. Unga xo‘jalik jaray-
oni
hisobi va hisobotini yuritish, tahlil qilish hamda boshqaruv qaror-
larini qabul qilishda korxona (tashkilot, muassasa) rahbarlarini zarur ax-
borot bilan ta’minlash vazifasi yuklatilgan.
Bajarayotgan ishlari va egallagan lavozimiga qarab katta buxgalter
va bosh buxgalter bo‘lishi mumkin. Katta
buxgalter buxgalteriyaning
bo‘limi (guruh)ni boshqaradi. Bosh buxgalter buxgalteriyani boshqaradi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida buxgalterning roli ancha
oshdi. Xozirgi vaqtda buxgalterdan nafaqat buxgalteriya hisobini, balki
ishlab chiqarishning
biznes-rejalarini tuzish, moliyaviy va boshqaruv
tahlillarini, shuningdek, boshqa sohalarni chuqur bilish hamda
rahbariyat to‘g‘ri boshqaruv qarorlarini qabul
qilishida faol qatnashish
talab qilinadi. O‘zbekistonda hozirgi zamon talablariga to‘liq javob
beradigan buxgalterlar tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda,
buxgalterlar oliy o‘quv yurtlarida, ko‘plab
tashkil etilgan kollej va
akademik litseylarda tayyorlanmoqda.
Dostları ilə paylaş: