R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Buxgalteriya hisobining schotlari va ularning tuzilishi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə30/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   226
2.4. Buxgalteriya hisobining schotlari va ularning tuzilishi:
aktiv va passiv schotlar 

Ma’lum bo‘ldiki, balans xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil


topish manbalarini ma’lum sanaga, umumlashtirilgan tasnifiy guruhlar
bo‘yicha tavsiflar ekan. Lekin, korxona moliya-xo‘jalik faoliyatini
boshqarish va biznes-reja hamda shartnomalarning bajarilishini nazorat
qilish uchun har bir mablag‘ning mavjudligi va harakati, har bir korxona
bilan hisob-kitoblar ahvoli, ayrim mablag‘ manbalarining o‘zgarishi va
boshqalar to‘g‘risida kundalik ma’lumotlar kerak. Shuningdek, faqat
natijalarnigina emas, balki xo‘jalik jarayonlarini ham tavsiflaydigan
ma’lumotlar zarur. Bunday ma’lumotlarga xo‘jalik muomalalarini,
ularning xususiyatlariga ko‘ra hisobga olgan holda aks ettirib borish
yo‘li bilan ega bo‘lish mumkin. Xo‘jalik muomalalarini joriy tartibda


48
aks ettirish va guruhlash uchun buxgalteriya hisobining schotlaridan


foydalaniladi.

Guruhlash iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra bir xil xo‘jalik mablag‘lari,


mablag‘lar manbalari va xo‘jalik muomalalari uchun alohida schot
ochish bilan ta’minlanadi.
Schot buxgalteriya hisobi obyektlarini identifikatsiyalashga imkon
yaratadigan maxsus belgi hisoblanadi. Shuning uchun har bir schotga,
unda hisobga olinadigan obyektga mos keladigan nom va xos raqam
(kod) belgisi beriladi (1-ilovaga qarang). Schotlar xo‘jalik mablag‘lari,
ularning vujudga kelish manbalari va xo‘jalik jarayonlarining har bir turi
uchun buxgalteriya hisobi obyektlarining turkumlanishiga muvofiq ochi-
ladi. Masalan, «Bino, inshootlar va uzatgich moslamalar», «Mashina va
uskunalar», «Xom-ashyo va Materiallar», «Patentlar, litsenziyalar va
nou-xou», «Asosiy ishlab chiqarish», «Hisob-kitob schoti» va h.k.
Buxgalteriya hisobining schotlari ikki tomonli jadval shakliga ega
bo‘lib, chap tomoni – «debet», o‘ng tomoni – «kredit» deb ataladi. «De-
bet» va «kredit» atamalari lotincha bo‘lib, aynan tarjimasi debet – «u
qarzdor» va credit – «u ishonadi» degan ma’noni bildiradi.
Mablag‘larning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra ikki guruhga: 1)
Tarkibi, joylanishi va ishlatilishi bo‘yicha; 2) Tashkil topish manbalari
va maqsadli tayinlanishi bo‘yicha bo‘linishidan kelib chiqqan holda
schotlar ham, aktiv va passiv schotlarga bo‘linadi. Aktiv schotlarda
xo‘jalik mablag‘larining mavjudligi va harakati (ko‘payishi, kamayishi)
aks ettiriladi. Aktiv schotlarning qoldiqlari debet tomonida yoziladi.
Aktiv schotlar balans aktividagi moddalarga asosan ochiladi:
Buxgalteriya hisobining schotlari – bu xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning
manbalari va xo‘jalik jarayonlarini nazorat qilish va boshqarish uchun
zarur axborotlarga ega bo‘lish maqsadida, ularni dastlabki hujjatlar
ma’lumot‐lariga asosan joriy tartibda hisobga olish, guruhlash va bir
tizimga keltirish usulidir.


49


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin