72
8 Ustav
kapitali
-
3 000 0
00
- - -
3 000
000
9 Taqsimlanmagan
foyda
-
395 00
0
- - -
395 00
0
1
0
Xodimlar bilan
mehnat haqi
bo‘yicha
hisoblashuvlar
-
680 00
0
461 00
0
491 00
0
-
710 00
0
1
1
Mol
yetkazib
beruvchilar va
pudratchilarga
to‘lanadigan
schotlar
-
6 600 0
00
3 000 0
00
1 548 0
00
-
5 148
000
J a m i
11 055
000
11 055
000
9 081 0
00
9 081 0
00
9 603
000
9 603
000
Yuqorida ko‘rsatilgan tengliklardan birortasining buzilishi xo‘jalik
muomalalarini schotlarga yozishda yoki summalarni jamlashda xatoga
yo‘l quyilganligidan dalolat beradi.
Shunday qilib, sintetik schotlarning oborot qaydnomasi schotlar-
dagi yozuvlarning to‘g‘riligini nazorat qilish,
shuningdek, yangi balans
tuzishda ham ishlatilar ekan.
Agar korxonada «Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari»
yuritilsa, u holda sintetik schotlar bo‘yicha to‘g‘ri tuzilgan oborot qayd-
nomasi boshqa jami nazorat summasini tekshirishga ham imkon beradi.
Ya’ni sintetik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomasidagi debet va kredit
oborotlarining yig‘indisi ko‘rsatilgan daftardagi oborotlar yig‘indisiga
teng bo‘lishi lozim.
Sintetik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomasi, avvalo,
nazorat
ahamiyatiga ega. Uning tuzilishi joriy buxgalteriya hisobidagi xatolarni
aniqlashga imkon beradi. Agar oborot qaydnomasidagi juftliklardan bi-
rortasida debet va kredit oborotlari o‘zaro teng chiqmasa, buning sababi
quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1. Qaysidir bitta schotning debeti bo‘yicha summa to‘g‘ri yozil-
gan, ammo uning bilan korrespondensiyalangan
schotning krediti
bo‘yicha summa tushirib qoldirilgan yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilgan yoki ak-
sincha bo‘lishi mumkin.
73
2. Buxgalteriya provodkasining summasi bitta schotning debetiga
ikki marta yozilib, ammo boshqa schotning kreditida ko‘rsatilmagan,
yoki aksincha, bitta schotning
kreditida ikki marta yozilib, uning bilan
korrespondensiyalanadigan schotning debetiga yozilmagan bo‘lishi
mumkin.
3. Buxgalteriya provodkasining summasi bitta schotning debetiga
ikki marta va boshqa schotning kreditiga ikki marta yozilgan.
4. Bitta schotning qoldig‘i va (yoki) debet oboroti boshqa schot-
ning kredit qoldig‘i va (yoki) debet oboroti sifatida yozilgan bo‘lishi
mumkin.
5. Ayrim schotlar bo‘yicha qoldiqlar va oborotlar tushirib qoldiril-
gan yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.
Xo‘jalik operatsiyalarining soni kam sodir bo‘ladigan
va mulklari
kam bo‘lgan, ishlab chiqarish sohasidagi korxonalar, masalan, dehqon
xo‘jaliklarida joriy buxgalteriya hisobi yozuvlarining to‘liqligi va
ishonchliligi «Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari» yordamida
nazorat qilinadi (2.8-jadval).