1. Buxgalteriya balansi aktivi tarkibi qaysi qatorda to‘g‘ri ber- ilgan? A) Uzoq muddatli aktivlar, joriy aktivlar
B) O‘z mablag‘lari manbalari, majburiyatlar
S) Asosiy aktivlar, xususiy kapital
D) O‘z mablag‘ining manbalari, qisqa muddatli aktivlar
2. Buxgalteriya balansi passivi tarkibi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) Asosiy aktivlar, xususiy kapital
B) O‘z mablag‘ining manbalari, qisqa muddatli aktivlar
S) Uzoq muddatli aktivlar, joriy aktivlar
D) O‘z mablag‘lari manbalari, majburiyatlar
3. Buxgalteriya balansidagi tip o‘zgarishlari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) Aktivda ko‘payish va passivda kamayish; aktiv va passiv bir xil
summaga kamayadi; aktiv va passiv bir xil summaga ko‘payadi
B) Aktivda ko‘payish va aktivda kamayish; passivda ko‘payish va
passivda kamayish; aktiv va passiv bir xil summaga ko‘payadi; aktiv va
passiv bir xil summaga kamayadi
S) Passivda kamayish va aktivda ko‘payish; aktivda ko‘payish va
aktivda kamayish; passivda ko‘payish va passivda kamayish
D) Aktiv va passiv bir xil summaga ko‘payadi; aktiv va passiv bir
xil summaga kamayadi; aktivda ko‘payish va passivda kamayish; pas-
sivda ko‘payish va aktivda kamayish
4. Buxgalteriya hisobining schotlari ta’rifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) Buxgalteriya hisobi schotlarida aktivlarning holati va harakati,
mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risida to‘liq va ishon-
chli axborotlarni shakllantirish; samarali boshqaruv maqsadida buxgal-
teriya hisobi ma’lumotlarni umumlashtirish; moliyaviy, soliqqa doir va
boshqa hisobotlarni tuzish
B) Aktivda ko‘payish va aktivda kamayish; passivda ko‘payish va
passivda kamayish; aktiv va passiv bir xil summaga ko‘payadi; aktiv va
passiv bir xil summaga kamayadi
S) xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning manbalari va xo‘jalik
jarayonlarini nazorat qilish va boshqarish uchun, ularni joriy tartibda hi-
sobga olish, guruhlash va bir tizimga keltirish usuli
81
D) Ikki yoqlama yozuv usulida yuritish, uzluksizlik, aniqlik,
hisoblash, oldindan ko‘ra bilish, aktivlar va passivlarning pulda ba-
holanishi, hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiq kelishi
va boshqalar