R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə47/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   226
hujjatning majburiy rekvizitlari quyidagilardan iborat:
9
elektron raqamli imzo;
9
elektron hujjatni jo‘natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki elek-
tron hujjatni jo‘natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining
ismi;

5
Rekvizit (lot. Requisitium – talab qiinadigan, zarur)



85
9


elektron hujjatni jo‘natuvchining pochta va elektron manzili;
9
hujjat yaratilgan sana.
Xo‘jalik faoliyati jarayonida sodir bo‘ladigan muomalalar
mazmuni, tayinlanishi va shakliga ko‘ra turli xil hujjatlarni qo‘llashni
talab qiladi.
Buxgalteriya hujjatlari tayinlanishi, axborotlarni shakllantirish 
tartibi, muomalalarni qamrab olish usuli, axborot ta’minoti tizimidagi 
maqomi, tuzilgan joyi, qatorlar (pozitsiyalar) soni, bir turdagi muoma-
lalarni rasmiylashtirish va to‘ldirish usuliga ko‘ra turkumlanadi.
Tayinlanishi bo‘yicha hujjatlar to‘rtta guruhga bo‘linadi:
1. Farmoyish hujjatlari.
2. Isbotlovchi hujjatlar.
3. Buxgalteriyada rasmiylashtiriladigan hujjatlar.
4. Uyg‘unlashtirilgan hujjatlar.
Buxgalteriya hisobining hujjatlari shakllantirish tartibiga ko‘ra
dastlabki va yigma hujjatlarga bo‘linadi.
Dastlabki hujjatlar deb bevosita xo‘jalik muomalasi sodir bo‘lgan
vaqtda yoki sodir bo‘lganidan so‘ng darrov tuziladigan hujjatlarga ayti-
ladi. Bunday hujjatlarga kassa kirim orderi, (KO-1-shakl), kassa chiqim
orderi (ko-2-shakl)qishloq xo‘jalik mahsulotlarining kelish kundaligi,
talabnoma-nakladnoy, chorva mollarini tortish (o‘lchash) qaydnomasi va
boshqa hujjatlar misol bo‘ladi.
Yig‘ma hujjatlar deb to‘ldirilgan bir qancha dastlabki hujjatlar
asosida tuziladigan hujjatlarga aytiladi. Kassirning hisoboti, bo‘nak
(avans) hisobotlari, ferma dagi hayvon va parrandalarining harakati
to‘g‘risidagi hisobot va boshqa hujjatlar yig‘ma hujjatlarga misol bo‘la
oladi.
Buxgalteriya hujjatlari xo‘jalik muomalalarini qamrab olish, ya’ni
bir yoki bir qancha xo‘jalik muomalalarini o‘zida aks ettirish xususi-
yatiga qarab bir martalik va jamlama hujjatlarga bo‘linadi.
Bir martalik hujjatlar deb bir yoki bir necha xo‘jalik muomalasi bir
vaqtda rasmiylashtiriladigan hujjatlarga aytiladi. Bunday hujjatlarga
kassa kirim orderi, kassa chiqim orderi, bajarilgan ishlarni qabul qilish
dalolatnomasi, to‘lov qaydnomalari va boshqa shunga o‘xshash hujjatlar
kiradi.


86



Jamlama hujjatlar deb bir xil xo‘jalik muomalalari ularning sodir
bo‘lgan vaqtiga qarab rasmiylashtirilib boriladigan hujjatlarga aytiladi.
Bunday hujjatlarga kassir hisoboti, tovar-moddiy boyliklarni olish uchun
limit-zabor kartalari, sut sog‘ishni hisobga olish jurnali va boshqa hu-
«Qangli» fermer xo‘jaligi
«
Qangli»
fermer
xo‘jaligi

korxona,


muassasa

(
korxona, muassasa)



Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin