83
III BOB. HUJJATLASHTIRISH, INVENTARIZATSIYA,
HISOB REGISTRLARI VA SHAKLLARI
3.1. Buxgalteriya hujjati, hujjatlashtirish va hujjatlarni turkumlash
Buxgalteriya hujjati - bu xo‘jalik muomalasi faktining haqiqatda
mavjudligini yoki sodir bo‘lganligini yoki sodir bo‘lishi
lozimligini is-
botlovchi, mas'ul shaxslar imzosi bilan tasdiqlangan yozma guvohlikdir.
Hujjatlar xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lgan vaqtda yoki sodir bo‘lishi
bilan tuzilishi va ularning mazmunini to‘liq aks ettirishi kerak.
Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobi uslubining muhim usullaridan
biri bo‘lib, uning mazmuni xo‘jalik muomalalarini yozma ravishda
dastlabki qayd qilish va ularning haqiqatda sodir bo‘lganligini isbotlash-
dan iboratdir
.
Buxgalteriya hujjatlari xo‘jalik faoliyatini boshqarish, nazorat va
tahlil
qilishda ulkan iqtisodiy va h
uquqiy ahamiyatga ega.
Korxona resurslaridan foydalanish haqidagi tezkor ma’lumotlarni
olish, xo‘jasizlik hollarini aniqlash va buning aybdorlarini aniqlashda
buxgalteriya hujjatlarining iqtisodiy ahamiyati kattadir. To‘g‘ri tashkil
etilgan hujjatlashtirish faqat xo‘jasizlik va suyiste’mol qilish hollarini
aniqlabgina qolmay, balki uning oldini olishga ham yordam beradi.
Buxgalteriya hujjatlari ulkan huquqiy ahamiyatga ham egadir. O‘z
vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilgan buxgalteriya hujjatlari xo‘jalik
muomalalarini amalga oshirish va ular qonuniyligining yagona isbotidir.
Ular boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar va shaxslar bilan da’volar va
har xil kelishmovchiliklarni sud hal qilishda dalil sifatida hamda hisob
yozuvlarini yozishda yagona qonuniy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek, soliqlarni tekshirishda ham buxgalteriya hujjatlari
xo‘jalik muomalasining sodir bo‘lganligi yoki
uni amalga oshirish hu-
quqi to‘g‘risida yozma guvohlik ahamiyatiga ega va xo‘jalik muomala-
larini buxgalteriya hisobida aks ettirishning to‘g‘riligi hamda
ishonchliligini tekshirishda muhim vositasi hisoblanadi. Shuning uchun
hujjat yo‘qligi – xo‘jalik muomalasi yo‘q degan qoida har bir buxgalter
uchun asosiy qoidalardan biri bo‘lishi lozim. Har qanday hujjatning
yo‘qligi yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilganligi xo‘jalik yurituvchi
subyektning o‘z xodimlari, investorlari,
aksiyadorlari, davlat nazorat
84
(ko‘pincha soliq) organlari va hokazolar bilan jiddiy muammolarga olib
kelishi mumkin. Bunda dastlabki hujjatlar quyidagi hollarda hisobga
qabul qilinishi mumkin:
—
to‘liq, to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirilgan;
—
xo‘jalik muomalasini amalga oshirish uchun vakolatli shaxslar
tomonidan imzolangan.
Shunday qilib, dastlabki hujjatlarni to‘g‘ri
rasmiylashtirish va tek-
shirishni bilish – buxgalterlarning malakali ishlashini asosidir.
Buxgaltyerlarning dastlabki hujjatlar bilan ishlash quyidagi huqu-
qiy-me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi:
1)
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risi-
da»gi qonuni (7,8-moddalar)
2)
O‘zbekiston Respublikasining «Elektron hujjat aylanish to‘g‘ri-
sida»gi qonuni
3)
O‘zbekiston Respublikasining «Elektron imzo to‘g‘risida»gi
qonuni
4)
Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to‘g‘risi-
dagi nizom (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2003 yil 23
dekabrdagi 131-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan).
Buxgalteriya hisobida hujjatga asosan tegishli yozuvlarni yozish
uchun hujjatlarda sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalasi to‘g‘risida to‘liq
ma’lumot aks ettirilishi lozim. Hujjatlarda aks ettiriladigai bunday
ma’lumotlarga
rekvizitlar
5
deyiladi.
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunning 9-moddasiga muvofiq
dastlabki
hujjatlarning majburiy rekvizitlari quyidagilardir:
¾
korxona(muassasa)ning nomi;
¾
hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan sana va joy;
¾
xo‘jalik operatsiyasining nomi, mazmuni va miqdor o‘lchovi
(natura holida va pulda ifodalangan holida);
¾
mas'ul shaxslarning shaxsiy imzolari.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining «Elektron hujjat
aylanishi to‘g‘risida»gi qonuning 6-moddasiga muvofiq
elektron
Dostları ilə paylaş: