R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə46/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   226
10. Oborot qaydnomasi nima? 
A) Xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida umumlashgan ko‘rsatkichlarga ega
bo‘lish joriy hisob ma’lumotlarini jamlash va tekshirish uchun har yilda
bir marta tuziladigan qaydnoma
B) Aktivlar va passivlar haqidagi ma’lumotlarni yilni oxirida
umumlashgan holda aks ettiradigan qaydnoma
S) Korxonaning xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida umumlashgan
ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish, hisob yozuvlarining to‘g‘riligini tekshirib
turish uchun joriy hisob ma’lumotlarini jamlash va tekshirish uchun har
oyda tuziladigan qaydnoma
D) Xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida umumlashgan hisob
ma’lumotlarini jamlash va tekshirish uchun har chorakda bir marta tuzi-
ladigan qaydnoma

83


III BOB. HUJJATLASHTIRISH, INVENTARIZATSIYA, 
HISOB REGISTRLARI VA SHAKLLARI 

3.1. Buxgalteriya hujjati, hujjatlashtirish va hujjatlarni turkumlash 

Buxgalteriya hujjati - bu xo‘jalik muomalasi faktining haqiqatda
mavjudligini yoki sodir bo‘lganligini yoki sodir bo‘lishi lozimligini is-
botlovchi, mas'ul shaxslar imzosi bilan tasdiqlangan yozma guvohlikdir.
Hujjatlar xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lgan vaqtda yoki sodir bo‘lishi
bilan tuzilishi va ularning mazmunini to‘liq aks ettirishi kerak.
Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobi uslubining muhim usullaridan
biri bo‘lib, uning mazmuni xo‘jalik muomalalarini yozma ravishda
dastlabki qayd qilish va ularning haqiqatda sodir bo‘lganligini isbotlash-
dan iboratdir
Buxgalteriya hujjatlari xo‘jalik faoliyatini boshqarish, nazorat va
tahlil qilishda ulkan iqtisodiy va huquqiy ahamiyatga ega.
Korxona resurslaridan foydalanish haqidagi tezkor ma’lumotlarni
olish, xo‘jasizlik hollarini aniqlash va buning aybdorlarini aniqlashda
buxgalteriya hujjatlarining iqtisodiy ahamiyati kattadir. To‘g‘ri tashkil
etilgan hujjatlashtirish faqat xo‘jasizlik va suyiste’mol qilish hollarini
aniqlabgina qolmay, balki uning oldini olishga ham yordam beradi.
Buxgalteriya hujjatlari ulkan huquqiy ahamiyatga ham egadir. O‘z
vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilgan buxgalteriya hujjatlari xo‘jalik
muomalalarini amalga oshirish va ular qonuniyligining yagona isbotidir.
Ular boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar va shaxslar bilan da’volar va
har xil kelishmovchiliklarni sud hal qilishda dalil sifatida hamda hisob
yozuvlarini yozishda yagona qonuniy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek, soliqlarni tekshirishda ham buxgalteriya hujjatlari
xo‘jalik muomalasining sodir bo‘lganligi yoki uni amalga oshirish hu-
quqi to‘g‘risida yozma guvohlik ahamiyatiga ega va xo‘jalik muomala-
larini buxgalteriya hisobida aks ettirishning to‘g‘riligi hamda

ishonchliligini tekshirishda muhim vositasi hisoblanadi. Shuning uchun


hujjat yo‘qligi – xo‘jalik muomalasi yo‘q degan qoida har bir buxgalter
uchun asosiy qoidalardan biri bo‘lishi lozim. Har qanday hujjatning
yo‘qligi yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilganligi xo‘jalik yurituvchi
subyektning o‘z xodimlari, investorlari, aksiyadorlari, davlat nazorat


84
(ko‘pincha soliq) organlari va hokazolar bilan jiddiy muammolarga olib


kelishi mumkin. Bunda dastlabki hujjatlar quyidagi hollarda hisobga
qabul qilinishi mumkin:

to‘liq, to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirilgan;

xo‘jalik muomalasini amalga oshirish uchun vakolatli shaxslar
tomonidan imzolangan.
Shunday qilib, dastlabki hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish va tek-
shirishni bilish – buxgalterlarning malakali ishlashini asosidir.
Buxgaltyerlarning dastlabki hujjatlar bilan ishlash quyidagi huqu-
qiy-me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi:
1)
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risi-
da»gi qonuni (7,8-moddalar)
2)
O‘zbekiston Respublikasining «Elektron hujjat aylanish to‘g‘ri-
sida»gi qonuni
3)
O‘zbekiston Respublikasining «Elektron imzo to‘g‘risida»gi
qonuni
4)
Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to‘g‘risi-
dagi nizom (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2003 yil 23
dekabrdagi 131-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan).
Buxgalteriya hisobida hujjatga asosan tegishli yozuvlarni yozish
uchun hujjatlarda sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalasi to‘g‘risida to‘liq
ma’lumot aks ettirilishi lozim. Hujjatlarda aks ettiriladigai bunday
ma’lumotlarga rekvizitlar
5
deyiladi.
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunning 9-moddasiga muvofiq
dastlabki hujjatlarning majburiy rekvizitlari quyidagilardir:
¾
korxona(muassasa)ning nomi;
¾
hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan sana va joy;
¾
xo‘jalik operatsiyasining nomi, mazmuni va miqdor o‘lchovi
(natura holida va pulda ifodalangan holida);
¾
mas'ul shaxslarning shaxsiy imzolari.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining «Elektron hujjat
aylanishi to‘g‘risida»gi qonuning 6-moddasiga muvofiq elektron 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin